08:31 / 19.06.2018
4 012

Videoo‘yinlarga qaramlik kasalliklar ro‘yxatiga qo‘shildi

Videoo‘yinlarga qaramlik kasalliklar ro‘yxatiga qo‘shildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xalqaro kasalliklar tasnifining o‘n birinchi nashrini taqdim etdi. Onlayn va videoo‘yinlarga qaramlik birinchi marta ushbu ro‘yxatga kiritildi.

O‘yinlar sessiyalari davomiyligi va chastotasini nazorat qilish xususiyatining muntazam yoki vaqti-vaqti bilan buzilishi, o‘yinni to‘xtata olmaslik videoo‘yinlarga qaramlilikka xos belgilardir. Ta’kidlash joizki, videoo‘yinlarga qaramlilik holatlarida u boshqa hayotiy qiziqishlar va kundalik faoliyatdan ustun keladi.

Bu kasallik belgilari muayyan vaqt davomida to‘xtovsiz rivojlanishi mumkin, ba’zan esa vaqti-vaqti bilan seziladi, deya ta’kidlanadi JSSTda.

Videoo‘yinlarga qaram bo‘lish shaxsiy, oilaviy hayotda sezilarli muammolarga olib keladi, ijtimoiy jihatdan ham o‘zgarishlar seziladi, o‘qish va ishda muammolar paydo bo‘ladi, deyiladi Xalqaro kasalliklar tasnifida.

Videoo‘yinlarga tobe’lik tashxisini qo‘yish uchun bir yil davomida inson xatti-harakatlarida o‘zgarishlar kuzatilishi kerak. Biroq belgilar jiddiy bo‘lsa, bu muddat qisqarishi ham mumkin.

Bugungi kunda Xalqaro kasalliklar tasnifining 1990 yilda Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi tomonidan tasdiqlangan o‘ninchi versiyasi amalda. Yangi 11-versiya 2019 yilning may oyida tasdiqlash uchun taqdim etiladi. U tasdiqlangan taqdirda, 2022 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Videoo‘yinlarga qaramlik kasalliklar ro‘yxatiga qo‘shildi