14:28 / 21.06.2018
7 087

Baqlajondan ajoyib taom

Baqlajondan ajoyib taom
Baqlajonlardan tayyorlaniladigan bugungi mazali taomimiz sizlarga yelpig‘ichni eslatsa ajab emas.
Baqlajon juda foydali sabzavot bo‘lib, u quydagi vitaminlarni o‘zida saqlaydi: kaliy, RR vitaminlari, V, S guruh vitaminlari, karotin, kalsiy, fosfor, natriy, magniy, asal va temir. Bundan tashqari baqlajon juda mazali bo‘lib, u past kaloriyaligi sabab ham, parhezbop mahsulot sanaladi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 15 000 so‘p pul sarflaysiz.*
Mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Baqlajonlarni teng ikkiga bo‘lamiz.

Har bir kesilgan baqlajondan uzun chiziqlar kesib chiqamiz. Faqat usti taxminan 2 sm cha qolsin, kesilib ketmasin. So‘ng tuz sepib, 5-10 daqiqa qoldiramiz.

Pishloqni yupqa parrak qilib, pomidorlarni esa yarim oy qilib to‘g‘rab olamiz.

Smetanaga shivit va sarimsoqpiyozni mayda to‘g‘rab solamiz, tuz va murch sepib aralashtirib olamiz.

Pergament qog‘oz to‘shalgan patnisga baqlajonlarni terib chiqamiz. Baqlajonning har bir bo‘lagiga pomidor va pishloq terib chiqamiz.

Ustiga esa qayladan surtib chiqamiz. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Manba: zira.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Baqlajondan ajoyib taom