07:30 / 24.06.2018
6 890

Doimiy tarzda iste’mol qilinadigan achchiq taomning foydali xususiyatlari

Doimiy tarzda iste’mol qilinadigan achchiq taomning foydali xususiyatlari
Amerikalik olimlar navbatdagi tadqiqotlar natijasida achchiq qalampir solingan taomni doimiy ravishda iste’mol qilish, lekin me’yorni bilish organizm uchun juda foydali ekanini aniqlashdi. Ma’lum bo‘ldiki, qalampirning achchig‘i organizmning sho‘r narsalarga nisbatan sezuvchanligini oshirarkan.

— Inson miyasidagi sho‘r va achchiqni sezuvchi markazlar bir-biriga juda yaqin joylashgan, — dedi olimlardan biri. — Har kuni me’yoridan oshirmay qalampirli taom iste’mol qilinganda, qalampirdagi kapsaitsin moddasi tuz miqdori uchun javobgar to‘qimalarni yanada faollashtirib yuboradi. Natijada odam sho‘rdan tiyiladi. Bu esa barchaga ma’lumki, insonni ko‘plab xavfli xastaliklardan saqlab qoladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Doimiy tarzda iste’mol qilinadigan achchiq taomning foydali xususiyatlari