Qizg‘in ish kuni va stresslar ko‘pincha uyqusizlikni keltirib chiqaradi. Yaxshiyam shunday mahsulotlar borki, ular bu muammoni bartaraf qilishga yordam beradi.
Prebiotiklar – stress va uyqusizlik davosi
Agar sizning kuningiz stressli tartibda o‘tayotgan bo‘lsa, yaxshi uxlash uchun prebiotiklarga boy mahsulotlar: loviya, yormalar, karam, mevalar, non va sut mahsulotlarini iste’mol qilishingiz zarur.
Prebiotiklar – bu hazm qilish tizimining sog‘lom ishlashiga yordam beruvchi foydali bakteriyalarning ko‘payishini ta’minlaydigan, yo‘g‘on ichak mikrofloralari tomonidan hazm qilinadigan va singdiriladigan oziq-ovqat qo‘shimchalari hisoblanadi.
Bodom – yomon tush bilan kurash chempioni
Bodom – uyquni yaxshilashga va organizmning har tomonlama dam olishiga yordam beruvchi, tarkibi ko‘p miqdorda magniyga boy bo‘lgan noyob mahsulot hisoblanadi. Oqsil uyqu paytida qondagi shakar miqdorini normallashtiradi. Uxlashdan 2 soat oldin bir hovuch (50 grammga yaqin) bodom yeyish tavsiya qilinadi.
Tunes balig‘i – yaxshi uyqu posboni
Tunes balig‘i uyquning sifati va davomiyligi uchun javob beruvchi serotonin va melatonin gormonlari ishlab chiqarilishini tartibga solib turadigan B6 vitaminiga juda boy. Bu vitamin yetishmasligi oqibatida organizmda immun tizimi bilan bog‘liq muammolar, uyqusizlik, zaiflik, teri kasalliklari va hatto kamqonlik ham paydo bo‘lishi mumkin. Parhezshunoslar uyqudan 2—3 soat oldin 20—50 grammdan tunes balig‘i yeyishni tavsiya qilishadi.
Tinchlantiruvchi o‘simlik choylari
Yalpiz yoki limono‘t, bir chimdim maydalangan muskat yong‘og‘i va asal qo‘shilgan moychechakli choy – tez uxlashga yordam beruvchi eng yaxshi vosita. O‘tlar asab tizimiga ijobiy ta’sir qiladi, charchoqni ketkazishga yordam beradi va dam oldiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?