10:58 / 07.07.2018
5 682

Uyg‘on, ey ko‘zlarim

Uyg‘on, ey ko‘zlarim
Usmonli xalifasi Sulton III. Murod Xon (1546-1595) bir kuni bomdod namoziga turolmay qoladi. Kun bo‘yi aybining hasratidan xafa bo‘lgan sulton hislarini o‘zining eng mashhur she’ri bilan ifodalaydi.

Uyg‘on, ey ko‘zlarim, g‘aflatdan uyg‘on,
Uyg‘on, uyqusi mo‘l ko‘zlarim, uyg‘on.
Azroilning qasdi jongadir, inon,
Uyg‘on, ey ko‘zlarim, g‘aflatdan uyg‘on,
Uyg‘on, uyqusi mo‘l ko‘zlarim, uyg‘on.

Saharda uyg‘onurlar jumla qushlar,
Tilu dillari birla tasbeh boshlar,
Tavhid aylar tog‘lar, toshlar, og‘ochlar,
Uyg‘on, ey ko‘zlarim, g‘aflatdan uyg‘on,
Uyg‘on, uyqusi mo‘l ko‘zlarim, uyg‘on.

Samovotning eshiklari ochilar,
Mo‘minlarga rahmat suvi sochilar,
Saharda turganga hulla bichilar,
Uyg‘on, ey ko‘zlarim, g‘aflatdan uyg‘on,
Uyg‘on, uyqusi mo‘l ko‘zlarim, uyg‘on.

Bu dunyo foniydir, aslo aldanma,
Mag‘rur bo‘lib, toju-taxtga tayanma,
Yetti iqlim mening deyu, inonma,
Uyg‘on, ey ko‘zlarim, g‘aflatdan uyg‘on,
Uyg‘on, uyqusi mo‘l ko‘zlarim, uyg‘on.

Mening, Murod quling, aybimni afv et,
Aybimni kechirib, gunohim raf et,
Rasuling bayrog‘i ostida hashr et,
Uyg‘on, ey ko‘zlarim, g‘aflatdan uyg‘on,
Uyg‘on, uyqusi mo‘l ko‘zlarim, uyg‘on.

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyg‘on, ey ko‘zlarim