19:07 / 10.07.2018
9 036

Nahotki! Tarvuz erkaklik quvvatini oshiradi!

Nahotki! Tarvuz erkaklik quvvatini oshiradi!
Mana, nihoyat, tarvuz-qovunlar g‘arq pishgan davrga ham yetib keldik. Ko‘pchilik kechki ovqatdan so‘ng desert sifatida tarvuz iste’mol qilishni xush ko‘radi. Chunki tarvuzning betakror mazasi hech kimni befarq qoldirmaydi. 90 foizi suvdan iborat bo‘lgani bois me’yorida iste’mol qilinsa, tarvuz qomatingizga putur yetkazmaydi, organizmni qator foydali elementlar bilan boyitadi. Tarvuz mag‘zidagi qand moddasi esa tanaga oson singadi, shu bois uni surunkali va o‘tkir jigar xastaliklari hamda ichaklarni tozalashda iste’mol qilish lozim. Tarvuz sharbati chanqoqni osongina qondiradi.

Erkaklik quvvatini oshiradi!
Amerikalik olimlar tomonidan olib borilgan qator tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, tarvuz tarkibidagi sitrullin moddasi inson organizmiga tushgach, metabolizm jarayonini faollashtirib, argininga aylanadi va qon tomirlarini ajoyib tarzda kengaytiradi. Shu tariqa erkaklik quvvatini yaxshigina oshiradi. Shunday ekan, farzandli bo‘lish istagidagi erkaklar kechki ovqatdan so‘ng tarvuz iste’mol qilishi juda foydalidir.

Tarvuzli asal
Onkologik xastaliklarga chalingan insonlar uchun tarvuzli asal juda foydali. U mikroelementlar, fruktoza, galaktozaga juda boy. Uni quyidagi usulda tayyorlash lozim: yaxshi pishgan tarvuzning mag‘zini yaxshilab ezing, setkali matodan o‘tkazing va qaynatishga qo‘ying. Shu tariqa past olovda ko‘pigini olib turgan holda toki boshlang‘ich massasining 1/5 qismi qolguncha qaynating. Tarvuzli asalni shisha bankada qopqog‘ini mahkam berkitgan holda saqlang.

Tarvuz tarkibidagi kletchatka qorin dam bo‘lishidan aziyat chekayotgan homilador ayollarga juda foydali.

Yanchilgan tarvuz urug‘ilarining sut bilan qo‘shib iste’mol qilingani bachadondan qon ketishini to‘xtatadi.

Ko‘krak bezi saratonida ko‘krakka yangi tarvuz urug‘idan tayyorlangan massani kompress qilib qo‘yish foyda beradi.

Kosmetologiyada
Tarvuz terini yaxshi oziqlantiradi, qizarish va quruqshab ketishini bartaraf etib, taranglashtiradi.

Bundan tashqari, har kuni kechqurun yuzingizni tarvuzning chala yeyilgan po‘chog‘i bilan artib tursangiz, u tiniqlashadi. Faqat tarvuz suvi yuzingizda ko‘p qolmasligi kerak, 5 daqiqali uqalash muolajasidan so‘ng tonik bilan arting.

Shuningdek, tarvuz sharbatini muz uchun mo‘ljallangan formachalarga solib muzlatish va har kun ertalab yuzni tarvuzli muz bo‘lakchalari bilan artish ham mumkin.

Ehtiyot bo‘ling!

Siydik-tosh kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlar bir kunda iste’mol qilayotgan tarvuz miqdorini qat’iy nazorat ostiga olishi lozim. Bir kunda 200 grammdan ortiq yeyilgan tarvuz aksariyat organlarga bosim yuklaydi, o‘t qopi yoki buyrak xurujiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, tarvuz qorni dam bo‘lgan, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichagida yarasi borlarga tavsiya etilmaydi.

2-3 yoshgacha bo‘lgan bolakaylar bir kunda 100 grammdan ortiq tarvuz iste’mol qilishi mumkin emas. Yoshi katta insonlar bir kunda 1-2 bo‘lak bilan cheklanishi lozim.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nahotki! Tarvuz erkaklik quvvatini oshiradi!