00:13 / 11.07.2018
5 425

Munajjimlar bashorati: 11 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 11 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

11 iyul eng muhim ishlarga o‘ta kuchli mas’uliyat bilan yondashmasangiz, maqsadga erishishingiz mushkul bo‘lib qoladi. Bo‘lar-bo‘lmas ishlarga kuch ham, vaqt ham sarflab o‘tirmang. Shaxsiy hayotda optimistik kayfiyatda bo‘lishingiz talab etiladi. Garchi vaziyat siz o‘ylagandan ham qaltisroq tus olsa-da, og‘ir-bosiqlik bilan ish ko‘ring. Juftingizga, o‘zingizga ko‘proq ishoning. Tashqaridagi odamlarga ishonib o‘tirmang. Kechqurun moliyaviy muammolaringiz ham hech bo‘lmaganda ellikka ellik ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

11 iyulda barcha diqqat-e’tiborni ishga va yana ishga qarating. O‘z imkoniyatlarngiz, kuchingizga shubha nazari bilan qaramang. Moliyaviy muammolarni hal etishda har bir qadamni hisob-kitob bilan bosing. Yo‘qsa, ixtiyoringizdagi bor mablag‘ni ham yo‘q qilib hech narsasiz qolishingiz turgan gap. Salomatlik masalasida muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Lekin sport bilan baribir shug‘ullaning. Ayniqsa, hozir suzish mashqlari mushaklarga va yurak faoliyatiga katta foyda beradi. Kechqurun do‘stlar davrasida vaqt o‘tkazishingiz kutiladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Barcha ko‘zlagan maqsadlaringiz bugun kunning birinchi yarmida xudo xohlasa haqiqatga aylanadi. Biroq rejalaringizni o‘zingizdan bo‘lak hech kim bilan bo‘lishmang. Sirligicha qola qolsin. Muhabbatda arazlar, rashk sizga faqat ziyon yetkazadi. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan ahillikda kun kechirganingiz ma’qul. Buning uchun hamma imkoniyatlar eshigi lang ochib qo‘yilgan. Foydalanib qoling. Kechqurun salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan mashqlarni bajarashingiz zarur. Issiq havoda uzoq yo‘l bosishdan tiyiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

11 iyul kuni har qanday sohada qobiliyatingiz, iste’dodingizni namoyish eta olish imkoniga egasiz. Sizni hech kim to‘xtata olmaydi, tanqid qila bilmaydi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish yo‘lida bugun qalbingiz yordamga kelmoqchi. Qo‘shimcha daromad keltiruvchi manba qayerdaligini sizga u aytadi va yo‘l ko‘rsatadi. Tadbirkorlar uchun xorij kompaniyalari bilan shartnomalarni imzolash, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish amallari xayrli kechadi. Hayajonga erk berishdan saqlaning. Bu salomatligingizga ziyon yetkazib qo‘yishi mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Ishxonadagi yumushlarni ado etishda o‘ta xotirjam kayfiyatda bo‘lishingiz lozim. Faqat tajriba va bilimingizga suyaning. Sizga bularsiz hech qanday hamkasb yordam bera olmaydi. Yangi bilimlarga ega bo‘lish, tajriba to‘plashga kirishish ham bugungi majburiyatlaringiz sirasiga kiradi. Oiladagilar bilan munosabatlarda kelishmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Agar xotirjam kayfiyatda bo‘lmasangiz, bu kelishmovchiliklar oqibatda katta janjalga aylanib ketishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

11 iyul kuni ishlaringiz rejadagidek kechadi. To‘g‘ri, olov tutunsiz bo‘lmaydi albatta. Yo‘lingizda ba’zi to‘siqlar ro‘baro‘ bo‘lsa, emotsiyani jilovlagan holda harakatlar sodir eting. Yangi tanishuvlardan buguncha voz kechib turganingiz ma’qul. Uning o‘rniga o‘tgan kunlarda bajarilmay qolgan ishlarni yakunlash payida bo‘ling. Sizga bugun yoga va uyqu katta yordam berishi mumkin. Ular yordamida ruhiyatingizni mustahkamlab olish imkoniga egasiz. Moddiy ahvolingiz masalasida muammolar yuzaga kelmaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Shaxsiy hayotda ham, ishda ham omadingiz chopadigan bo‘lib turibdi. Daf’atan qaysidir tarafdan ko‘mak paydo bo‘ladi-yu, omadingizga omad qo‘shila boradi. Faqat moliyaviy muammolarni hal etishda birovlarga ishonib qo‘ymang, yo‘qotishlarga yuz tutasiz. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda, elektr quvvatiga ishlovchi uskunalardan foydalanishda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Ko‘ngilsiz vaziyatlarga tushib qolishingiz xavfi bor. Salomatligingizni saqlang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

11 iyul kuni kuningiz anchagina og‘ir kechishi kutiladi. Atrofdagilar bilan munosabatlarda qiynalasiz, eski qadrdonlar bilan gaplashish istagi tug‘iladi, ammo buning ham imkonini topa bilmay asabiylashasiz. Yo‘q, asabiylashishdan foyda chiqmaydi. Boriga shukr qiling. Shaxsiy hayotda olov kabi yorqin va tezkor bo‘ling. Shunda umumiy muhitni me’yorida tutib tura olasiz. Uydagilar bilan anchadan beri dildan suhbat qurmagan bo‘lsangiz, bugun kechki payt buning ham imkoni tug‘iladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Tadbirkorlar diqqatiga: Bugun faqat tekshiruvdan o‘tgan, sinalgan hamkorlar bilangina ish olib boring. Qarz-havolasiz kunni o‘tkazishga harakat qiling. Agar do‘kon aylanish payida bo‘lsangiz, faqat eng zarur buyumlarnigina xarid qila turing. Aqliy mehnat kishilari, ijod ahli bugun moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda sira qiyinchilikka duch kelishmaydi. Salomatlikni ehtiyot qiling. Ko‘cha taomidan voz keching.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

11 iyul kuni erta tongdanoq favqulodda xizmat safariga jo‘nab ketishingiz ehtimoli bor. Shuning uchun oldindan shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq rejalar tuzib ovora bo‘lmang. Oila qurishga ulgurmagan bo‘lsangiz, muhim uchrashuv hamda romantik lahzalarni ham boshqa kunga qoldirib turishingizga to‘g‘ri keladi. Agar oilangizda iliq munosabatlarga asoslangan muhit yarata olsangiz, kayfiyatingiz ham, salomatligingiz ham joyida bo‘ladi. Faqat kechqurun toza havo sayrini unutmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Yulduzlar buguningiz bayramona kechishini bashorat qilishgan. 11 iyulda nafaqat tantanalar tashkil etishingiz, balki turmush qurmagan bo‘lsangiz, unashtirish marosimi tashkil qilsangiz ham yarashadi. Bu, shubhasiz, yigitlarga tegishli. Kissangizda ham pul uzilishi kuzatilmaydi. Juda qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, katmonni qattiqroq berkiting-da, xaridlarga yo‘l bermang. Bugun qovg‘a burjida tavallud topganlar jismoniy zo‘riqishga duch kelmasliklari lozim. Aks holda mustahkam sog‘liq bilan xayrlashishingizga to‘g‘ri keladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

11 iyul kuni baliq burjida tug‘ilganlar birinchi navbatda birovlarga o‘z muvaffaqiyatlarini ko‘z-ko‘z qilib maqtanishdan tiyilishlari zarur. Aks holda nafaqat foydali energiyadan ayrilasiz, balki kissangiz pulsiz qolib ketishi mumkin. Ko‘z tegish, hasad degan narsalar bor ekan, ehtiyotingizni qilib yuravering. Kun davomida qarindoshlar bilan ham orangizda janjallar bo‘lib o‘tishi kutiladi. Bugun safardan, u qanchalar favqulodda bo‘lmasin, voz keching.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 11 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?