08:58 / 14.07.2018
30 946

Inson qanday holatda uxlashiga qarab uning xarakterini bilib olish mumkin

Inson qanday holatda uxlashiga qarab uning xarakterini bilib olish mumkin
Inson qanday holatda uxlashiga qarab uning xarakterini (fe’l-atvorini) bilib olish mumkinmi?

Bu sohada jiddiy tadqiqotlar olib borilmasa ham insonning harakati, faolligi, xususiyatlari uning shaxsiyatini ko‘rsatishi to‘g‘risidagi ilmiy qarashlar bor. Xuddi shuniingdek, ko‘plab shifokor va ruhshunoslar kishining uyqu davomidagi holati inson fe’lini bilib olishga yordam berishini ta’kidlaydilar.

Qolaversa, uyqu holatlarining o‘ziga xos jihatlari xususida quyidagilarni bilib qo‘yish foydadan holi bo‘lmaydi.

«Shox holati». Osmonga qarab, qo‘llari tana uzunasida, oyoqlarini to‘g‘ri qilib uxlaydigan insonlar batartib, og‘ir-bosiq, tirishqoq va izlanuvchandirlar. Ular sog‘lom aqli bilan ajralib turadi, hayotda peshqadamlik qilishga harakat qiladilar.

«Uchish holati». Osmonga qarab, qo‘llari va oyoqlari har tomonga yoyilib uxlovchilar, ochiq fe’lli, yengil tabiatli insonlar hisoblanadi. O‘zgarishlardan qo‘rqmaydi, lekin ular tartibsiz, har doim ham ularga ishonib bo‘lmaydi.

«Qulf holati». Yonboshga qarab, qo‘llari bosh ostida, oyoqlar bukilgan holatda uxlovchi insonlar ishonchli, og‘ir-bosiq, yon bosishga tayyor, har qanday qiyinchiliklarga chidamli. Lekin rahbarlikka intilmaydigan kishilardir.

«Homila holati». Yonboshga qarab, qo‘llar bosh ostida yoki ko‘krakka yopishgan holda, bukcha-yib va bezovtalanib yotadigan insonlar ojiz va himoyaga muhtoj bo‘ladi.

Nimanidir ushlab uxlash. Agar inson yostig‘ini yoki yelkasini ushlab uxlasa, bunday odam qanday yo‘l tanlashni bilmay qiynalayotganidan darak beradi. O‘z kuchiga ishonmaydi va hayotda yordamga muhtoj bo‘ladi.

Qorin bilan yotish. Bunday xolatda uxlaydigan insonlar ehtiyotkor, erkin yurolmaydigan va o‘ziga ishonmagan, atrofdagilar fikri bilan yashaydigan insonlardir.

Devorga qarab yotish. Bunday holatda uxlash uyatchanlikni va atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lishni xohlamaslikni bildiradi.

Manba: Mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Inson qanday holatda uxlashiga qarab uning xarakterini bilib olish mumkin