Siz muvaffaqiyatsizlikka uchradingiz. Endi hammasini boshidan boshlash zarur. Aytadilar-ku: Oson yo‘lni tanlama, deb. Bu hikmat bezish yaytilmagan. Ya’ni, turli to‘siqlar va qarama-qarshiliklar inson fe’l-atvorini hamda muvaffaqiyatga intilishini shakllantiradi.
Omadsizligingizdan nolib, kayfiyatingizni tushirmang. Dushmanlaringizni quvontirib, qovog‘ingizni uyub olmang. Men bilgan har bir yutuq odamlarning omadsizligidan kayfiyati tushib, dangasalik bilan yonboshlab yotib olishidan boshlangan. Chunki hayotining bu davrida sharoitdan kelib chiqib odamlar muvaffaqiyatining asosi bo‘lmish mahorat, qobiliyat, xohish va qat’iyatini ishga soladi. O‘zining hozirgi yashash sharoitiga qoniqmaslik ko‘zi bilan qarab, hayotini o‘zgartirishga ahd qilgan odam go‘yoki hammaga eshittirib: «Omadsizlik va kamsitishlardan to‘ydim, ularga boshqa chidamoqchi emasman!», deb baqirgandek bo‘ladi. Shunda vaqt, taqdir va vaziyat ortga chekinadi.
Afsuski, omadsizlik davrida bir to‘da yolg‘onchi va dangasalik kasaliga uchraganlar safiga o‘zini otadiganlar ham yo‘q emas. Ular behafsala, beg‘am, ishyoqmaslar bo‘lib, omad kelishini kutib, istagan maqsadiga erisholmaganlari uchun o‘zga kishilarni, mavjud muhitni ayblashadi. Mag‘lubiyatlariga o‘zlari sababchi ekanligini tan olgisi kelmaydi. Oqibatda, «Kambag‘alning ishi nolish, ikki yonboshida bolish», deb ataluvchi beg‘am odamlarning soni ortadi.
Lekin… hayot davom etadi. Garchi siz hozir mag‘lubiyat alamini totib turgan bo‘lsangiz ham. Olam ertaga tongda uyg‘onib, hech narsa bo‘lmaganday yo‘lida davom etadi. Sizning muvaffaqiyatsizligingiz vaqtinchalikdir. Qaytadan oyoqqa turganlar haqida esa kitoblar yozib, ko‘klarga ko‘tarib «Omadli odam», deydilar. Hech kim o‘sha baxtli odamning omadga erishishi yo‘lida chekkan zahmatlarini bilmaydi.
Shu lahzadan boshlab to umringiz oxiriga qadar mukammallik sari intilishni o‘z oldingizga maqsad qilib qo‘ying. Siz omadga erishish uchun muvaffaqiyatga erishish yo‘lini tanlaganingizni unutmang. Qo‘yingki, dunyoga bir marotaba kelib, unda bir bor yashaysiz. Keling, o‘xshashi yo‘q, go‘zal va shirin bu hayotda faqat va faqat omadli bo‘lib yashaylik!
Manba: Mulohaza.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»