19:36 / 15.07.2018
6 904

Nega insonlarning qon guruhlari har xil?

Nega insonlarning qon guruhlari har xil?
To‘g‘ri, bugun qon guruhlari haqida fanga ko‘p narsa ma’lum, ammo hozirgacha javobsiz qolayotgan savollar ham oz emas. Masalan, ular nega turlicha ekanligi va nega bu hodisaga taraqqiyot nuqtai nazari bilan qarash kerakligi haqida hanuz aniq bir tushunchaga ega emasmiz.

Qon guruhlari qon hujayralaridagi antigenlar bo‘yicha farqlanadi. Bu antigenlar organizmdagi begona hujayralar vayron qilayotgan antitelalarning signallaridan xabardor qiladi. Bu antigenlar nega turlicha ekanligini olimlar hanuz bilmaydilar.

Faqat ularning kasalliklar va immunitetga daxldorligi haqida farazlar mavjud. Masalan, qoni uchinchi guruhga mansub kishilar ichak tayoqchalari bilan bog‘liq xastaliklarga beriluvchanroq bo‘ladilar, qoni birinchi guruhga kirganlar esa bezgak turlaridan biriga immuniteti kuchli bo‘lib, xastalikka deyarli to‘liq qarshi tura oladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nega insonlarning qon guruhlari har xil?