14:55 / 24.07.2018
4 872

Nazarni nazarga ergashtirma!

Nazarni nazarga ergashtirma!
"His-tuyg‘ular ko‘zlar orqali o‘tadi”.

Yangi tadqiqotlar shunday xulosaga keldi. 2016 yilda “Psixologik ilm-fan” (Psychological Science) jurnalida yangi tadqiqot xulosasi nashr etildi. Tadqiqotchilar yangi ilmiy kashfiyot qildilar. Bu kashfiyot “his-tuyg‘ularning ko‘z orqali bir odamdan boshqasiga o‘tishi”dir.

Ular tajribani onalar va ularning bir oylik chaqaloqlari ustida o‘tkazdilar. Tajriba asnosida biror ona mahzun bo‘lsa yoki bezovta bo‘lsa, bu tuyg‘u uning bolasiga ham o‘tib, bola yig‘lay boshlagan yoki xotirjamlikni yo‘qotgan. Ona o‘zini baxtli his qilsa, bolasi ham buni anglab, xursand bo‘la boshlagan.

Olimlar bu holatni ko‘z qorachig‘i va uning kengayishi hamda chaqaloq miyasini o‘rganish asnosida mulohaza qildilar. Biz bu tadqiqotdan shunday xulosa olamiz:

“Albatta, inson begona ayolga nazar solganda va uning go‘zalligi haqida o‘ylaganda, uning ko‘z qorachig‘i biroz kengayadi va ayol bu holatni idrok qila oladi. Bu paytda erkak bilan ayol o‘rtasida tuyg‘ular ayirboshlash jarayoni sodir bo‘ladi. Bu o‘rinda hatto erkak ayol bilan gaplashmagan, unga qayta-qayta qarashdan boshqa ish qilmagan bo‘lsa ham shunday bo‘ladi”.

Endi aqlni lol qoldiradigan jihatga e’tibor qaratsak!

Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizni fahsh, munkar, ijtimoiy muammolarga sabab bo‘ladigan ish – nomahram ayolga tikilib qarashdan qaytarganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

“Ey Ali! Nazarni nazarga ergashtirma! Birinchi ko‘z tushishi zararingga bo‘lmasligi mumkin, ammo keyingisi, albatta, sening zararinggadir”. Imom Ahmad, Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilishgan.

Biz bilamizki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech bir gapni havodan olib gapirmaydilar. Barchasi Allohning vahiysi bilan bo‘ladi. Alloh taolo Qur’oni Karimda u zot haqlarida shunday degan:
“U havodan nutq qilmas. U (Qur’on) vahiydan o‘zga narsa emas (Najm surasi, 3-4-oyatlar).

U zot sollallohu alayhi vasallamning har bir aytgan so‘zlari ko‘plab hikmatlardan, foydalardan xoli emas. Bu hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam ummatlarini Alloh qarashni harom qilgan narsa – nomahram ayolga tikilishdan qaytaryaptilar. Agar u zot Allohning Rasuli bo‘lmaganlarida Uning amriga itoat qilishga undarmidilar?! Qur’onning hukmlariga hamohang ish qilishlari u zoti bobarakot Allohning haq Rasuli ekanliklariga dalolat qiladi!
Maqola muallifi: Abduddoim Kahel
Nozimjon IMINJONOV tarjimasi

Manba: Muslim.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nazarni nazarga ergashtirma!