18:46 / 24.07.2018
8 824

Itoat etgan daraxt

Itoat etgan daraxt
Hazrat Jobir r.a rivoyat qiladi: “ Bir kuni Payg‘ambarimiz (alayhissalom) Makka ahlini haq yo‘lga chaqirayotgan edilar. Ba’zi qoni qaynoq kimsalar odobsizlarcha, u zotga tosh, kesak va boshqa narsalar otib masxara qilishdi. Hatto u zotning muborak a’zolariga shikast yetdi. Bu holdan g‘amgin bo‘lib o‘tirgan edilar. Shu chog‘da hazrat Jabroil alayhissalom xabar keltirdi:

— Ey Muhammad (alayhissalom), hozir ibr narsa ko‘rsataman, sizning g‘amingiz ketadi, - deya olis jilg‘ada turgan daraxtlardan biriga ishora qilib, uni chaqiring, - dedi.
U zot (alayxissalom) chaqirgan edilar, daraxt huzurlariga keldi.

— Endi buyuring, qaytadi, — dedi Jabroil (alayhissalom).
Shunda Payg‘ambarimiz (alayhissalom):

— Endi joyingga bor,- degan edilar, daraxt avvalgi joyiga borib o‘rnashdi. Bundan zavqlangan Payg‘ambarimiz (alayhissalom):
— Endi meni yolg‘onchi deyishsa ham haq so‘zni yetkazishdan to‘xtamayman,- dedilar."

Izoh: Ma’lumki hayotda inson uchun eng og‘ir va mas’uliyatli ishlardan biri, bu inson o‘zining to‘g‘ri yo‘lda yurib, boshqalarga ham o‘zining to‘g‘ri yo‘lda yurganini isbotlab berishdir.

Mevali daraxtga tinimsiz tosh va kesak otib turilishi haqiqat bo‘lgani singari, to‘g‘ri yo‘lda yurib, boshqa insonlarni ham ushbu to‘g‘ri yo‘lga da’vat qilib, chaqirib turgan inson uchun ham, boshqalar tarafidan har turlik ta’na va malomat toshlari otib kelinadi.

Shunday vaziyatlarda mo‘’min-musulmon kishi sabr-qanoat qilib, atrofdagi insonlarning gap-so‘zlari va malomatchilarning malomatiga parvo qilmasdan, yurgan haq yo‘lidan va haq so‘zidan orqaga chekinmasdan, kurash olib borsa, albatta Alloh bu bandasiga kutmagan tomonidan O‘zining yordamini yetkazib qo‘yadi.
Ravshanboy Raimqulov
“Qo‘yliq ota” jome masjidi imom xatibi.

Manba: ashab.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Itoat etgan daraxt