08:02 / 26.07.2018
10 424

Chumoli yer ostiga olib kirgan don nega unib chiqmaydi?

Chumoli yer ostiga olib kirgan don nega unib chiqmaydi?
Nima uchun chumoli yer ostiga to‘plab qo‘ygan donlar yerdan o‘sib chiqmaydi?! Bu savol ko‘pchilikni qiziqtirishi turgan gap.

Olimlar tadqiqot olib borishlaricha, chumoli o‘ziga kerakli bo‘lgan don va urug‘larni yer ostiga to‘plab, jamg‘arganidan keyin uni ikkiga bo‘lib qo‘yadi. Chunki don va urug‘lik ikkiga bo‘lib qo‘yilsa, har qancha yer unumdor bo‘lmasin u o‘sib chiqmaydi. Lekin chumoli kashnich donini to‘rt bo‘lakka bo‘lganini ko‘rgach, olimlar taajjubga tushishdi. Bu xususda kerakli tadqiqot olib borgach quyidagi narsani kashf qildilar. Kashnich doni agar ikkiga bo‘linsa ham o‘sib chiqaverar ekan. Lekin to‘rt bo‘lakka bo‘linsa o‘sib chiqmas ekan. Chumoliga bu narsani ta’lim bergan Alloh har qanday ayb nuqsonlardan pokdir.

«Parvardigorimiz barcha narsaga o‘z hilqatini – shaklini ato etib, so‘ngra (uni) to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ygan zotdir».
(Toha surasi, 50 oyat)

Manba: Naqshband.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Chumoli yer ostiga olib kirgan don nega unib chiqmaydi?