18:19 / 07.08.2018
6 669

«10–3–2–1–0» formulasi: Shirin uyqu va tetik tong

«10–3–2–1–0» formulasi: Shirin uyqu va tetik tong
Samaradorlik asosan ertalabki kayfiyatga bog‘liq bo‘ladi. To‘yib uxlab, ertalab turib o‘zingizni yaxshi his qilsangiz va ijobiy kayfiyatda bo‘lsangiz, u holda butun kuningiz yengil o‘tadi va har qanday vazifani osonlikcha bajarib tashlaysiz. Uxlashga kech yotib, ertalab bosh og‘riq bilan turgan bo‘lsangiz, buning aksi.

To‘g‘ri tungi uyqu va yengil yoqimli uyg‘onish uchun maxsus ishlab chiqilgan ko‘plab uslublar mavjud. Biroq bu tavsiyalarning aksariyati biroz tushunarsiz xarakterga ega va eslab qolish hamda rioya qilish uchun qiyin. Shu bois "Layfxaker" doim sifatli uxlash va ertalab yaxshi kayfiyatda uyg‘onishga yordam beruvchi arifmetika kabi oddiy, armiya nizomi kabi aniq formulani taqdim etdi. Mazkur formula «10–3–2–1–0» deb ataladi, uni fitnes-murabbiy Kreyg Ballantayn o‘ylab topgan.
  • uyqu oldidan 10 soat oldin: hech qanday kofein;
  • uyqu oldidan 3 soat oldin: hech qanday taom va alkogol;
  • uyqu oldidan 2 soat oldin: hech qanday ish;
  • uyqu oldidan 1 soat oldin: hech qanday ekran;
  • 0: ertalab soat qo‘ng‘irog‘i jiringlaganda "kechroq takrorlash" tugmasini bosish.

Bu tavsiyalar juda oddiy va oqilona. Mazkur uslub muallifining ta’kidlashicha, uning maslahatlari yordamida ko‘plab odamlar allaqachon tungi normal uyquni qaytarib, kunduzi yanada samarali ishlay boshlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «10–3–2–1–0» formulasi: Shirin uyqu va tetik tong