11:30 / 10.08.2018
13 170

Nafsni isloh qilishning eng oson yo‘llari

Nafsni isloh qilishning eng oson yo‘llari
Har bir inson nafsini isloh qilishga va uni yaxshi tomonga o‘zgartirishga harakat qiladi. Ba’zilar bu ishni chorasiz deb, noumidlikka tushadi. Quyidagi satrlarda nafsimizni o‘zgartirish va uni isloh qilishning eng oson yo‘llarini bayon qilamiz.

Birinchi yo‘l: hayotingizni o‘zgartiradigan bir ishni yo‘lga qo‘ying. Misol uchun, har kuni Qur’oni karimdan yoki birorta yaxshi kitobdan bir sahifa o‘qish, sizga yomonlik qilgan odamga yaxshi so‘z aytish va hokazo. Yoki o‘zingizga qulay boshqa bir ishni yo‘lga qo‘yishingiz ham mumkin. Bu ishlar nafsingizni isloh bo‘lishida katta yordam beradi.

Ikkinchi yo‘l: nafsini o‘zgartirib, isloh qilishga erishgan salafi solihlar va ulug‘ zotlar haqidagi kitoblarni ko‘proq o‘qing.

Uchinchi yo‘l: nafsingiz isloh bo‘lishda erishgan biror yutug‘i uchun uni mukofotlang. Mukofot kichik, arzimas narsa bo‘lsa ham mayli. Masalan, ko‘pdan beri biror joyga sayohatga bormoqchi bo‘lib yuribsiz. Shu sayohatni nafs islohida biror ijobiy natijaga erishgandan keyin amalga oshiring.

To‘rtinchi yo‘l: doimo nafsingizni islohi haqida fikr qiling. Shu narsa haqida xayol surish bo‘lsa ham mayli. Fikringizni doim shu narsa band etsin. Toki mana shu xayol sizni nafsni isloh etishga yanada qiziqtirsin, shavqingizni oshirsin.

Beshinchi yo‘l: Allohdan nafsingizni isloh etishini so‘rab duo qiling. Bu eng oson va eng muhim yo‘ldir. Qolaversa, maqsad ro‘yobga chiqishida eng manfaatlisi ham shu yo‘ldir. Ibn Qayyim rahimahulloh bu borada shunday deganlar: “Duo zararni daf qilishda va foydani hosil qilishda eng kuchli omildir. Endi duo ijobatining kechikishi esa bir necha sabablarga bog‘liq bo‘ladi. Yo duoning o‘zida kamchilik bo‘ladi. Masalan, u Alloh yaxshi ko‘rmaydigan duo bo‘lishi, unda bir insonga nisbatan adovat ma’nolari bo‘lishi mumkin. Yoki duo qiluvchining qalbi zaif bo‘lgani, Alloh sari yuzlanmagani, ixlossiz qilgani sabab bo‘lishi mumkin. Xuddi kamonning ipi juda bo‘sh bo‘lsa, undan otilgan o‘q uzoqqa bormaganiga o‘xshab. Yoki ijobatga mone’lik qiladigan narsalar: harom yeyish, zulm, gunohlarning qalblarni qoplab olishi, g‘aflat, shahvat va behuda so‘z-amalning duo qiluvchini egallab olishi, ushbu narsalarning unga g‘olib bo‘lishi kabi”.

Alloh taolo nafslarimizni isloh qilsin! Bu xayrli ishda O‘zi Madadkor bo‘lsin, omin!
Nozimjon HOShIMJON tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nafsni isloh qilishning eng oson yo‘llari