16:55 / 10.08.2018
5 105

Insonlar qarishining asosiy mexanizmi aniqlandi

Insonlar qarishining asosiy mexanizmi aniqlandi
Lankaster universiteti, London Universiteti kolleji va Kvin Meri Kolleji olimlarining aniqlashicha, qurtlarda qarish organizmning charchagani sababli emas, balki salbiy genlarning ishlashi tufayli yuz beradi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu mexanizm odamlarda ham bor. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, yosh rivojlanayotgan organizm uchun norma bo‘lgan biologik jarayonlar, nisbatan keksa yoshda rivojlanib, organizmning gomeostazasini buzadi. Natijada demensiya, saraton, yurak-qon tomir kasalliklari va surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi kabi xastaliklar yuzaga keladi.

Olimlar laborator shtammlari 2-3 hafta davomida yashaydigan Caenorhabditis elegans nematodlarida qarish belgilarini tahlil qildilar. Ma’lum bo‘lishicha, asosiy o‘rinni hujayra o‘z tarkibiy qismlarini qayta ishlaydigan autofagiya jarayonida ishtirok etuvchi oqsillarni kodlovchi genlar egallaydi. Bildirilishicha, nisbatan keksa yoshda autofagiya oshqozon ichagi holatining jiddiy yomonlashuvi va o‘limga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Insonlar qarishining asosiy mexanizmi aniqlandi