00:34 / 18.08.2018
6 474

Munajjimlar bashorati: 18 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 18 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Kun qo‘y burji ostida tavallud topganlar uchun xayrli boshlanadi. Kunning birinchi yarmida ko‘nglingizga qanday orzu-niyatni tukkan bo‘lsangiz, barchasini o‘z foydangizga og‘dirishingiz mumkin. Ammo ora-sirada uy yumushlarini bajarish ham yodingizdan chiqmasin. Moliyaviy masalada tub burilishlar yuzaga kelishi mumkin. Ularga ham tayyor turishingiz kerak bo‘ladi. Ayrimlar shaxsiy hayotida ko‘ngilsiz lahzalarga guvoh bo‘lishi kutiladi. Lekin sababini xudo biladi. Baribir yashashda, harakatlanishda davom etaverishingiz lozim.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

18 avgust kuni ishda yoki muhabbatda mushkul vaziyatlarga tushib qolishingiz ehtimoli bor. Bunday vaziyatlarda qarindoshlar, juda bo‘lmasa yaqin do‘stlarga murojaat etishingiz zarur. Salomatligingizga jiddiy munosabatda bo‘ling. Ayniqsa, surunkali tomoq, jigar, oshqozon xastaligiga duch kelganlar profilaktik muolajalar olishi talab etilishi mumkin. Ortiqcha vazn orttirishga turtki bo‘luvchi pissa, pirojniy, gazli ichimliklardan voz keching.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun qarshingizda shunday qulay imkoniyatlar eshiklari ochiladiki, bu eshiklar orqali ichkarilab, yangi sayyora topishga-da qodir bo‘lasiz. Lekin muvaffaqiyatga erishishda yolg‘iz harakatlanmang. Ishonchli hamkor yoki do‘stlarni albatta yoningizga oling. Shunda mushkulingiz oson bo‘ladi. To‘g‘ri, daromadni bo‘lishishga to‘g‘ri keladi. Ammo iloj qancha. Bu masalada ham saxovatli, mard bo‘lsangiz, ziyon qilmaysiz.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

18 avgust kuni o‘zingizga nisbatan talabchan bo‘ling. Shunday talabchan bo‘lingki, atrofdagilar qoyil qolsin. Asabbuzarliklarga sababchi bo‘luvchi harakatlarni sodir etmang. O‘zingizga yoqmaydiganlar davrasida hozir bo‘lishdan saqlaning. Muhabbatda prinsiplaringizdan kelib chiqqan holda ish tuting. Biroq juftingizga nisbatan maydakashlik qilaverishingiz ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Sabr kosasini to‘ldirib qo‘yishingiz mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yulduzlar arslon burji ostida tug‘ilganlarga yaxshi, xayrli kun va’da qilishmoqda. Daromad masalasida ehtiyotkorlik bilan ish tuting. Duch kelganga moddiy ko‘mak beraversangiz, kechqurunga borib o‘zingiz qiynalib qolishingiz mumkin. Arslonlarga xos mag‘rurligingiz bugun o‘tmaydi. Sizdan-da mag‘rurroqlar chiqib qolishi hech gap emas. Oila qurmaganlarga oldin o‘ylab, keyin bo‘lg‘usi juftni tanlashlari, uchrashuv belgilashlari tavsiya etiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

18 avgustda sizga boshlangan kun juda xayrli, maroqlidek tuyulishi mumkin. Ammo bunday emas. Bugun kun davomida har qanday ko‘rinishdagi eksperimentlardan voz keching. Shunga to‘g‘ri kelsa, haqiqiy mutaxassislar bilan maslahatlashing. Moliyaviy yutuqlaringizga esa barcha havas qilsa arziydi. Gap bo‘lishi mumkinmas. Ayniqsa, shaxsiy biznesi borlarning ortidan mo‘may daromadlar quvlab yurishi quvonarli. Salomatligingizni ehtiyotlang. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, atmosferada davom etayotgan magnit bo‘ronlarini yana bir karra yodga oling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Afsuski, kuningiz yoqimli kechmasligi kutilmoqda. Go‘yo dunyodagi barcha ko‘ngilsizliklar sizga tashlangan kabi tushkunliklar domida qolishingiz ehtimoldan xoli emas. Bilasizmi, hayotning o‘zi tekisliklardangina iborat emas. O‘nqir-cho‘nqirliklar baribir uchrab turadi. Shunday ekan, sabrli va irodali bo‘ling. Katta ishlarga pul tikishdan saqlaning. Ular sizni faqat inqirozga yuz tuttirishga yaraydi xolos. Bugungi kun sog‘lom turmush tarzini boshlashga ahd qilganlar uchun muvaffaqiyatli kechishi kutiladi. Mashhur sportchiga aylanmasangiz-da, salomatlikni mustahkamlay borishingiz aniq.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

18 avgust kuni shaxsiy hayotingizda tanaffuslar ko‘zga tashlanishi mumkin. Ularning ko‘pchiligi professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda salbiy ahamiyatga ega bo‘lishi ham mumkin. Ammo ish sifati buzilmaydi. Ziyrakligingiz, qat’iyatliligingiz bunga yo‘l bermaydi. Bugun olis safarga otlanish muvaffaqiyatsizlik keltirishi mumkin. Agar allaqachon otlanib ulgurgan bo‘lsangiz, yaxshisi ortga qayting. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Vujudingizda mavjud kuch va imkoniyatlarni bo‘lar-bo‘lmasga sarflab qo‘ymang. Bu sizga har taraflama zarar keltiradi. Shubhali tuyulgan kimsalar bilan muloqotda bo‘lmang, undaylarning maslahatiga ham quloq tutmaganingiz ma’qul. Muammolarni o‘z kuch va imkoniyatlaringizdan kelib chiqib bartaraf eting. Buning uchun barcha yo‘llar ochiq va yorqin. Sog‘lig‘ingiz pand berishini xohlamasangiz, tez-tez qon bosimingizni o‘lchatib turing. Uyquga yotishdan oldin sut yoki qatiq ichib olsangiz, tushlaringiz yorqin kechadi.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

18 avgustda kelajakda nimalarga erishishni orzulagan bo‘lsangiz, albatta puxta reja tuzib oling. Ish boshlashdan oldin ham rejaga asoslansangiz, o‘zingizga foyda. Mabodo mehnat ta’tilida bo‘lsangiz, hech narsani o‘ylamang. Faqat dam oling. Vaziyatlarni, asosan shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq vaziyatlarni o‘z nazoratingizda ushlang. Ko‘ngli qora odamlar davrasiga kirishdan saqlaning. Kechqurun ishingiz bilan bog‘liq masalada yoqimli xabar eshitishingiz kutiladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Har qanday ko‘rinishdagi ishni qalb amriga va shaxsiy tajribangizga suyangan holda amalga oshirsangiz, juda yaxshi bo‘ladi. Qanaqa to‘siq bo‘lsa, yengib o‘ta bilasiz. Kun davomida o‘tmishga qaytishni xayolingizga ham keltirmang. Lekin muhabbatda buning aksini qilish kerak. Juftingiz bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashingiz uchun o‘tmishdagi xatolar zarur bo‘ladi. Siz ularni esga olib, takrorlamaslikka intila boshlaysiz. Kechqurun madaniy dam olish, qisqa masofaga yugurish mazmunli kechadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

18 avgust kunning ilk bosqichidayoq yangi tanishuvlarni boshdan o‘tkazishingiz mumkin. Faqat yangi tanishlarni tanqid qila ko‘rmang. Ular tanqidni noto‘g‘ri tushunishlari mumkin. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida juda muhim kelishuvlarga erishishlari kutilmoqda. Ba’zilar ish yoki o‘qishdan keyin uy ta’miri bilan band bo‘lishlari ehtimolga yaqin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 18 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?