13:47 / 21.08.2018
8 192

Iymon, yaxshilik, mehr-muhabbatning ustuni nima?

Iymon, yaxshilik, mehr-muhabbatning ustuni nima?
Bir xonada to'rtta sham yonib turar edi. Zamon o'tib, odamlar o'zgarib, xonadagi birinchi «Iymon» deb nomlanuvchi sham o'chibdi…

«Iymon» o'chgan joyda men ham uzoq yona olmayman, deb «Yaxshilik» deya nomlangan ikkinchi sham ham o'chibdi.…

Iymon va yaxshilik o'chgan xonani men ham yorita olmayman, deb «Mehr-muhabbat» shami ham o'chibdi.…

Bir kishi ushbu xonaga kirib:

-Eh, naqadar qorong'u, bu xonada na Iymon, na Yaxshilik, na Mehr-muhabbat bor deb ortga qaytayotsa, to'rtinchi sham:

– To'xtang dedi.
– Sen qanday shamsan? Nega haliyam yonib turibsan? deb so'radi haligi kishi.…

Men o'chsam bu xona qop-qorong'u bo'lib qoladi, men yonib turgan ekanman, qolgan uchta sham ham yonishi mumkin. Chunki men «Umid» shamiman dedi.…

Hech qachon qalbingizdan shu to'rt sham o'chmasin. «Iymon, yaxshilik, mehr-muhabbat va umid» qalbingizni doim yoritib tursin…!

Umidni aslo uzmang va Allohning rahmatidan noumid bo'lmang…


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Iymon, yaxshilik, mehr-muhabbatning ustuni nima?