22:58 / 21.08.2018
6 212

Munajjimlar bashorati: 22 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va'da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 22 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va'da qilmoqda?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Birinchi o'rinda salomatligingizni nazorat ostiga oling. Ayniqsa, ruhiy holatingizni izdan chiqaruvchi holatlar ko'proq uchrashi kutilmoqda. Rejim bo'yicha ovqatlaning, uxlang. Lekin yomon xayollarga yo'l bermang. Har qanday muammo paydo bo'lgan zahoti ijobiy hal bo'lishi kerak. Oila qurmaganlarning ayrimlari bugun bo'lg'usi taqdirdoshini uchratishlari ehtimolga yaqin. Demak, qalbingizga muhabbat mehmon bo'lishi tayin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

22 avgust kuni ishlarni, harakatlarni puxta rejalashtirishingiz, ularni nazorat eta bilishingiz sizga yaxshiliklar hadya etadi. Shaxsiy hayotda oilalilar farzandlar masalasida o'ylab ko'rishlari zarur. Shubhasiz, yaqinda yangi o'quv yili boshlanadi. Demak, buning tadorigini ko'rish payti yetgan. Oila qurmagan bo'lsangiz, qalbingizga quloq tuting-u, qaerga boshlasa o'sha yoqqa boring. Adashmaysiz. Qalbingiz sizga juda to'g'ri yo'l ko'rsatadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Kun egizaklar burji ostida tavallud topganlar uchun xayrli boshlanadi. Kunning birinchi yarmida mo'maygina pulni sanab olasiz. Qolaversa, anchadan beri sizga hasad qilib kelayotgan bir kimsaga to'g'ri yo'lni ko'rsatib yubora olasiz. Shuning o'zi ham sizga xush kayfiyat bag'ishlaydi. Bugun aslo birovdan pul qarz olmang. Qarz sizga yo'qotishlardan boshqasini bermaydi. Kechqurun toza havoda sayr qilib, to'yib-to'yib nafas oling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

22 avgustda professional kasbingiz bilan bog'liq ishlar masalasida tanaffuslar yuzaga kelishi mumkin. Siz yangi ish topishni ma'qul ko'rasiz. Vaqtincha qo'shimcha daromad keltiradigan yumush bilan band bo'lib turasiz. Muhabbatda oilasizlarning omadi chopadi. Tanlagan insoningiz sizni mushtoq bo'lib kutadi. Qo'ng'iroqlashib, uchrashuv vaqtini belgilamasangiz bo'lmaydi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda yaqin do'stlardan biri yordam qo'lini cho'zadi. Minnatdorchilik bildirishni unutmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Kun siz uchun picha og'ir kechishi mumkin. Chunki mushkulotlarning vazni imkoniyatlarnikidan ancha og'ir bo'lib chiqadi. Tushdan keyin allakim sizni qonunga zid harakatlar sodir etishga undashi mumkin. O'sha zahoti javobingizni ayting. Iloji bo'lsa o'sha kimsa bilan munosabatlarni uzsangiz ham ziyon bo'lmaydi. Olisga safar va romantik uchrashuvlar ko'ngildagidek kechadi. Ammo ehtiyotkorlik ham kerak.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

22 avgustda o'zingizni, qolaversa, atrofdagilarni lol qoldirib, sezilarli tezlikda obro' va mavqe pillapoyasidan yuqorilay boshlaysiz. Lekin ikki yonga qarab olishni unutmang. Tag'in raqobatchilar pistirma qo'ygan bo'lib chiqmasin. Umuman aytganda, qo'rqmasangiz ham bo'ladi. Sizdek iste'dodli inson har qanday yovqur harakatlarni to'xtatib qolishga imkon topadi. Kechqurun mo'may daromad qo'lingizga kelib tushishi kutiladi. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar o'zlarini ehtiyot qilsinlar.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Yulduzlar yaqin insonlarga nisbatan toza ko'ngil va mehr bilan munosabat yuritishingizni maslahat berishadi. Ular bilan bahslashishni xayolingizga ham keltirmang. Moliyaviy muammolar xususida qayg'urmasangiz ham bo'ladi. Ish sifatini yanada yaxshilasangiz, rahbarlar quruq qo'yishmaydi. Mukofotini albatta olasiz. Muhabbatda xuddi vakuum holatida qolgan kabi yoqimli tuyg'ular qurshovida bo'lasiz. Biroq qalbingizning allaqaerida qo'rquv hissi ham yo'q emas bo'lib chiqadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

22 avgust kuni ko'ngli qora kimsalar qurshovida qolishingiz kutiladi. Qanday bo'lmasin, bu qurshovdan chiqib ketishga harakat qiling. Undaylar uchun uzatgan oyog'ingizni yig'mang. Afsuski, bugun moddiy jihatdan omadingiz kelmaydi. Taqdir nasib etgani bilan qolishga majbur bo'lasiz. Kechqurun oila a'zolaringiz davrasida vaqt o'tkazing. Yoki bo'lmasa sevgan kitobingizni mutolaa qiling. Uxlashga yotishdan oldin qatiq iching. Tushlaringiz yorqin kechadi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Garchi bugun vaqtingiz juda ziq bo'lsa-da, yulduzlar o'zingiz uchun bir amallab vaqt ajratishingizni maslahat berishadi. Sartarosh, dietolog qabuliga chiqib keling. Bu amallar muvaffaqiyatli kechadi. Bunday ishlar uchun pulni ayab o'tirmang. Kechqurun hammomda cho'milish, basseynda suzish xayrli kechadi. Hoynahoy, do'stlaringiz hamrohlik qilishsa kerak. O'zingizni ehtiyot qiling. Salomatligingiz pand berishiga yo'l qo'ya ko'rmang.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

22 avgustda ilgari safarga chiqish, dunyo bo'ylab sayohatga otlanishni rejalashtirgan bo'lsangiz, bu rejalarni ortga surib turishingizga to'g'ri keladi. Kun davomida oilangiz, salomatligingiz bilan bog'liq ba'zi muammolar ko'ndalang bo'lishi mumkin. Tadbirkor bo'lsangiz, shubhali loyihalar uchun katta pul tikmang. Aks holda kissangizda bor puldan ham ayrilib, arosatda qolib ketishingiz hech gap emas.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Agar hayotingizda yanada yorqinroq lahzalar yuz ochishini istasangiz, yangi kasb egallash harakatida bo'ling. Ana shunda pul ham daryodek oqib kela boshlaydi, atrofdagilar qarshisida obro'yingiz ortadi. Muhabbatdan muhabbat izlamang. Agar sevganingiz sizga nisbatan qaynoq munosabatda bo'lsa, siz ham arzirli javob qaytaring. Kechqurun ro'zg'ordagi jiddiy muammolar changalida qolishingiz mumkin. G'iybatdan saqlaning. Bilib-bilmay, muddati o'tgan taom iste'mol qilib qo'ymang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

22 avgust kuni uyqudan uyg'onasiz-u, katta masshtabli olamshumul ishlarni bajarishga oshifta bo'lasiz. Ha, istaklaringiz juda ajoyib. Omad, obro' va baxt sari olg'a intiling. Yo'lingizda uchraydigan to'siqlardan cho'chimang. Haqiqiy qahramonlar kabi mardona qadam tashlang. Shaxsiy hayotingiz ham totli kechadi. Moddiy manfaatdorlikka erishish uchun muhim hujjatlarga imzo qo'yishingiz kerak bo'ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 22 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va'da qilmoqda?