18:36 / 24.08.2018
4 783

Ideal tabassumga erishishning 3 usuli

Ideal tabassumga erishishning 3 usuli
Tabassum yarashmaydigan odam bo'lmasa kerak. Kulganingizda organizmdagi zo'riqishning katta foizi kamayadi. O'zimizni xursand kayfiyatda his qilamiz.

Agar tishlaringizni yaxshi parvarishlamasangiz, nafaqat o'z-o'zingizga beriladigan baho, balki salomatlik bilan bog'liq muammolar ham yuzaga kelishi mumkin.

Agar chiroyli tabassumga ega bo'lishni istasangiz, og'iz bo'shlig'ini diqqat bilan kuzatish, stomatologlarga borish va organizmingizga e`tiborli bo'lishingiz lozim. Quyida chiroyli tabassum egasiga aylanish va uni yaxshi holatda saqlashga yordam beradigan qoidalar keltirilgan.

Tishlarni tozalash

Bolaligimizda kuniga ikki mahal tishlarni yuvishga o'rgatishgan. Biroq hamma ham bu qoidaga amal qilmaydi. Bu chiroyli va sog'lom tishlarning muhim tarkibiy qismidir. Uyg'onishingiz bilan hamda yotishdan avval tozalang. Biroq juda muhim jihat bor: kechki tozalashdan keyin – hech nima ichish va yeyish mumkin emas.

Tishlar uchun maxsus ipdan foydalaning

Hamma cho'tkalar ham yig'ilgan ovqat qoldiqlarini yaxshi tozalamaydi. Shuning uchun ularni yaxshilab tozalashda tishlar uchun maxsus iplardan foydalanish kerak. Agar cho'tka tishlar ustida qattiq ishqalansa, milklarga shikast yetkazish mumkin. Ular qonaydi, bu esa tabassum uchun juda xavfli.

Saqich

Ovqat yeyish orasida yoki shirin suvdan keyin undan foydalaning. Tarkibida shakar bo'lmagan saqichlar tish va milklar uchun ijobiy ta`sir ko'rsatadi. Bu esa og'iz bo'shlig'i va yuz mushaklari uchun yaxshi mashq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ideal tabassumga erishishning 3 usuli