06:30 / 28.08.2018
4 526

Halokatga bir baxya qolgan qaltis vaziyatlar (video)

Halokatga bir baxya qolgan qaltis vaziyatlar (video)
Birinchi maslahat — sport bilan shugʻullaning. Jismoniy harakat sizga yoqimli charchoq bagʻishlaydi va siz miriqib uxlaysiz. Lekin shunga qaramasdan, jismoniy mashqlarni bevosita uxlash oldidan bajarmaslik muhimdir.

Ikkinchi usul bizga Kavkazdan kelgan. U yerda odamlar uxlashdan oldin bir-ikki piyola echki suti ichishadi. Sut — bu ajoyib tabiiy uxlatuvchi. Siz ham sinab koʻring.

Uxlashga yotishdan oldin xushboʻy yogʻ yoki hidli oʻtlar bilan iliq vanna qabul qiling. Bu tanangizni va asabingizni tinchlantiradi.

Xushboʻy oʻtlardan qilingan yostiq sotib oling yoki oʻzingiz yasang. Yalpiz, qaragʻay, atirgul gulbargi, valeriana, doʻlana hidlari sizning tungi uyqungizga hamrohlik qiladi. Oʻtlarning hidi tez ketib qolmasligi uchun yostiqni alohida xaltada saqlang.

Kechqurun uxlashdan oldin qahva va achchiq choy ichmang, yangiliklar va qoʻrqinchli kinolar koʻrmang. Bu asab tizimini qoʻzgʻatib yuboradi va siz bir necha soat shirin uyqudan mahrum boʻlasiz.

Bu oddiy qoidalarga rioya qilish sizga uyqusizlikni davolashda, kun davomida tetik va harakatchan boʻlib yurishda yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Halokatga bir baxya qolgan qaltis vaziyatlar (video)