17:33 / 29.08.2018
5 021

Bari yomon: miyamizda qoʻrqinchli tasvirlar chizishga qanday chek qoʻyish mumkin?

Bari yomon: miyamizda qoʻrqinchli tasvirlar chizishga qanday chek qoʻyish mumkin?
Tunda karavotda yotib, uyquni topolmaysiz. Miyangizda hodisalarning yomon ssenariysi aylanaveradi. Shu sabab sizni muvaffaqiyatsizlik kutmoqda, deya qoʻrquvni his qilasiz va tobora rivojlantirasiz. Tanish holatmi? U holda bu vaziyatga chek qoʻyish usullari haqida gapiramiz.

Hech kim meni yoqtirmaydi

Dunyoga yondashuvingizni qayta koʻring va hamma sizga qarshi degan fikr haqida oʻylashni bas qiling. Tasavvur qiling, ichingizda bu qoʻrquvlarni sizga uqtirayotgan ovoz bor. Uni “ezgʻilang” va dunyoga oʻzgacha nazar bilan boqing. Nima uchun sizni yomon koʻrishlari kerak? Balki siz oʻzingiz shunday qaror qabul qilgandirsiz. Doʻstlar va yaqinlaringiz bor, vaqtingizni ular bilan birga oʻtkazing!

Eng yomon ssenariy

Miyangizda boʻlajak hodisalarning qoʻrqinchli tasvirlarini chizmang. Oʻzingizni magʻlubiyatga “sozlamang”. Oxir-oqibat bu fikrlar sabab nima oʻzgaradi? Ular vaziyatni yaxshi yoki yomon tomonga oʻzgartirmaydi, biroq sizni asabiy va ikkilanadigan odamga aylantiradi. Maqsadlaringizga qanday erishish haqida oʻylang.

Hozirgi lahza bilan yashash

Oʻtmishdagi xatolar toʻgʻrisidagi fikrlardan xalos boʻling va hozirgi lahza bilan yashang. Miyangizda doimiy ravishda hodisalarning muvaffaqiyatsiz rivojini aylantiraversangiz, qoʻrqasiz va asabiylashasiz. Axir kelajakni oldindan ayta olasizmi? Yodda tuting, bir kun, oy yoki yildan keyin nima boʻlishini bilmaymiz. Shuning uchun nimadandir qoʻrqqan vaqtingizda ilgari nima boʻlganini eslang. Bari siz oʻylagandek yomon boʻlmagandir.

Yomon narsani kutish

Nima uchun shunday qarorga keldingiz? Siz baxtga munosibsiz, shuning uchun xavotirga tushish va aynan qachon ustingizga halokatlar yogʻilishini oʻylash kerak emas. Qanday odam ekaningiz, oʻzingiz va boshqalar uchun nima qilayotganingiz haqida oʻylang. Ijobiy javob olishga munosibsiz. Kelajakka optimizm bilan nazar soling.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bari yomon: miyamizda qoʻrqinchli tasvirlar chizishga qanday chek qoʻyish mumkin?