10:27 / 30.08.2018
3 687

Bloger minbari: Maʼnaviyatli xalqni tarbiyalash bilan davlat shugʻullanmasin

Bloger minbari: Maʼnaviyatli xalqni tarbiyalash bilan davlat shugʻullanmasin
Maʼnaviyat shaxsiy masala. Maʼnaviyatsizlikni, agar u qonunni buzmasa, davlat institutlari, mulozimlari malomat qilishi, jazolashi mumkin emas. Agar bu maʼnaviyatsizlik jamiyat toqat qila olmaydigan darajada boʻlsa, umuminsoniy axloq va moral normalariga zid boʻlsa, unda bunday maʼnaviyatsizlikka qonun yoʻli bilan cheklov qoʻyish kerak, tamom. Xuddi pornografiya yoki 18+ materiallari yoshlarga taqiqlanganidek.

Bundan boshqa har qanday harakat yoki harakatsizlikka davlat va davlatdan mablagʻ oluvchi muassasalar burun tiqmasligi kerak. Shaxsiy fikrga ega boʻlish va shaxsiy darajada biror ishga nisbatan salbiy yoki ijobiy fikr bildirish boshqa narsa. Davlat rasmiysi ham shaxsiy fikriga ega boʻladi, qaysidir ishni yaxshi va yomon deyishi mumkin, lekin davlat berib qoʻygan vakolatidan foydalanib, uni boshqalarga oʻtkazishga urinishi mumkin emas. Bunday ish bilan nodavlat muassasalar, shaxsiy fuqarolar shugʻullanishi kerak. Nodavlat tashkilotlar istalgan aqidani, maʼnaviyat va mafkurani targʻib qilaversin (Albatta, qonunga zid boʻlmagan mafkuralarni). Davlat ularning erkin ishlashiga sharoit yaratib berishi kerak va barchasini ajratmasdan birdek koʻrishi kerak. Maʼnaviyatli xalqni tarbiyalashni ularga qoʻyib bering, bu ish bilan davlat shugʻullanmasin. Hech bir mafkura davlat mafkurasi darajasida koʻrilmasligi Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan, axir.

Soliq toʻlovchilarning puli evaziga kun koʻruvchi markazlar maʼnaviyat bilan shugʻullanishi kulgili.

Yoshlarni asrab qolishning yagona yoʻli - ularni bekor qoldirmaslik, vaqtini behuda sarflashiga imkon yaratmaslik. Darsdan tashqari oʻquv mashgʻulotlari, hunar oʻrgatadigan markazlar, kutubxonalar, sport zallari, toʻgaraklari ochilsin. Ishonchim komil, qishloqlarda, shaharlarda bepul shunday toʻgaraklar va sport zallari boʻlsa, 99 foiz yosh yigit-qizlar jon deb qoʻshiladi. Shunda ularda internetda bekorchi vaqt oʻtkazishga ham, turli buzuqliklarga ham vaqti boʻlmaydi. Aqlan va jismonan baquvvat insonning maʼnaviyati ham yuqori boʻladi.

Maʼnaviyat markazlari, Yoshlar Ittifoqi resurslarini shunaqa ishlarga sarflasin. Maʼnaviyat haqida konferensiyalar, tadbirlar, sheʼrxonlik kechalari, konkurslari oʻtkazishdan foyda yoʻq, oʻrtoqlar.
Behzod Mamadiyev

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bloger minbari: Maʼnaviyatli xalqni tarbiyalash bilan davlat shugʻullanmasin