10:25 / 31.08.2018
22 745

Doʻstlik haqida

Doʻstlik haqida
Barcha insonlar ham suhbatlashish va doʻst boʻlishga munosib boʻlavermaydi. Siz shunday kishi bilan doʻst va hamsuhbat boʻlingki, unda uch xislat boʻlsin:

Birinchisi, aqlli boʻlsin. Ahmoq va uning suhbatidan foyda yoʻq. Aksincha, oxiri bu kishiga ham ahmoqligi taʼsir qiladi. Ahmoq shunday kishiki, senga yaxshilik qilmoqni xoxlar, ammo senga ziyon boʻladurgʻon ishni qiladi. Ahmoq shunday kishiki, yaxshi-yomonni, toʻgʻri-notoʻgʻrini farqlashga farosati yetmas. Unga yaxshilik qilsang, fahm qilmas.

Ikkinchisi, xush feʼllik va chiroyli muomaladir. Buning teskarisi shuki, kim yomon xulqni tark etmasa, vaqti kelib yomon odati, badxulqligi tutib qolsa, haqiqatni va barcha yaxshi xislatlarni zoye qilishdan uyalmas.

Uchinchi xislat, salohdir. Gunoh va maʼsiyatga ragʻbati bor odam Xudoi Taolodan qoʻrqmaydi va andisha qilmaydi. Kim Xudoi Taolodan qoʻrqmasa, anga eʼtiqod qilib boʻlmas.

Hazrat Jaʼfar Sodiq (r.a) aytadilar: “Besh toifa kishining suhbatidan yiroq boʻlgʻil va hazar qilgʻil:

– yolgʻonchiki, uni yolgʻoniga aldanib, magʻrur boʻlursan;

– ahmoqki, senga manfaat yetkazaman deb ziyon yetkazur;

– baxil kishi senga manfaat yetar vaqtda andan qochar;

– tangdil (yuragi tor) odam muxtojlik vaqtida uzoqlashar;

– fosiqki, seni bir luqmaga sotar”.

Bilginki, bu xislatlarning hammasi bir kishida boʻlmogʻi kamdur. Lekin biron kishi bilan chin doʻst, ulfat boʻlmoqni xoxlasang, xushfeʼl yaʼni, insonga yoqimli, xushtabiat, xush xulq kishini tanla. Doʻstlikka shunday kishini tanlaginki, din ishida uni senga foydasi tegsin va sen unga foyda keltirgin. Suhbat va doʻstlik huquqini bilginki, aytadilarki, ikki doʻstning misoli, ikki qoʻlga oʻxshashdur, bir-birini yuvib pok qilur.

Manba: islaminstitut.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Doʻstlik haqida