08:01 / 01.09.2018
4 203

“Xarajatlar bir kosa sut bilan toʻlab qoʻyilgan”

“Xarajatlar bir kosa sut bilan toʻlab qoʻyilgan”
Hovard maktabdan boʻsh paytlari uyma-uy yurib narsa sotadigan faqir bir bola edi. Bugun eshikma-eshik qancha chopmasin, hech narsa sotolmadi.

Qorni ochib, holdan toydi. Choʻntagidagi oʻn sent esa hech narsaga yetmasdi. Noiloj navbatdagi uydan biror yegulik soʻrashga qaror qildi. Afsuski, eshikni yosh qiz ochdi. Hovard uyalib, arang suv soʻradi. Bolakayning oqarib ketgan yuzi, quruqshagan lablarini koʻrgan qiz uning och qolganini sezdi. U suv emas bir kosa sut olib chiqdi. Hovard sutni hoʻplab-hoʻplab ichdi, soʻng:

– Necha pul boʻladi? – deb soʻradi.

– Onam qilgan yaxshiliginga pul olmagin deb oʻrgatgan, – deb mayin jilmaydi qiz.

– Ming rahmat, – dedi Hovard sekin orqasiga burilarkan.

Yillar ketidan yillar oʻtdi. Hovard maktabni, soʻng litseyni, keyin esa universitetni tamomladi…

Bir kuni Jon Hopkins nomidagi universitetning Tibbiyot fakultetiga qarashli onkologiya boʻlimiga ogʻir bemorni olib kelishdi. Bu mashhur tibbiyot dargohining taʼsischilaridan biri oʻsha bolakay Hovard Kelli edi.

Shifokor Kelli bemorning maʼlumot varaqasini koʻzdan kechirayotib hayajonga tushdi. Xotirasida bolaligi oʻtgan koʻchalar, mashaqqatli kechmishi jonlandi. Koʻrikka kirgan shifokor bemorni bir koʻrishdayoq tanidi. Bu ayol uzoq yillar oldin unga suv oʻrniga sut bergan oʻsha mehribon qiz edi.

Kelli bor mahoratini ishga solib, davolashni boshladi. Nihoyat moʻʼjiza roʻy berdi. Boshqa shifokorlar allaqachon hukmni chiqarib qoʻygan ayol, ogʻir darddan forigʻ boʻldi.

Shifoxonadan javob beriladigan kuni ayolni davolash bilan bogʻliq barcha xarajatlar yozilgan qogʻoz rahbar – Hovard Kelli huzuriga olib kirildi. Shifokor hisob qogʻoziga allanimalar yozib uni ayolga yubordi. Bu singari davolanish juda katta pul turishini yaxshi bilgan ayol unga qoʻrqa-pisa koʻz tashladi.

Biroq, haqiqatan ham oʻn ming dollarlik raqamlar yozilgan qogʻoz ostida shifokor Kelli imzosi bilan shunday izoh yozib qoʻyilgandi:
Rus tilidan Zuhra UMAROVA tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Xarajatlar bir kosa sut bilan toʻlab qoʻyilgan”