08:58 / 06.09.2018
10 972

Koʻzingizni rangi feʼl-atvoringiz qandayligini aytib beradi

Koʻzingizni rangi feʼl-atvoringiz qandayligini aytib beradi
Koʻzlarni bekorga “qalb oynasi” deb atashmaydi. Zero ular biz haqimizda soʻzlardan ham koʻproq maʼlumort berishga qodir.

Toʻq rangdagi koʻz egalari oʻziga ishongan va kuchli, och ranglilar esa koʻproq kamtar, uyatchan boʻlishar ekan.

Qora koʻz—bu juda energetik insonlar demakdir. Oʻziga juda talabchan, tinch turmaydigan, his-tuygʻularga beriluvchan boʻlishadi. Ular faqatgina oʻzlariga emas, balki atrofdagilarga nisbatan ham talabchan boʻlishadi. Shuning uchun ham koʻpincha ular orasida kelishmovchiliklar, tushunmovchiliklar va kichik janjallar boʻlib turishi ehtimoli mavjud. Yoʻq joydan arzimagan narsaga arazlashishga moyil. Juda tavakkalchi, serharakat insonlar toifasi. Diqqat markazida boʻlishni xush koʻradilar va qarorlarni tezda qabul qiladilar. Afsuski, shu sababli qabul qiladgan qarorlari koʻpincha notoʻgʻri boʻlib chiqadi.

Jigarrang koʻz — ushbu rangdagi koʻz egalari insonni oʻziga tortuvchi, aqlli, his – tuygʻuli boʻlishadi.

Toʻq jigarrang —oʻzi koʻringanidek janjalkash, ammo barcha arazlarni tezda unutuvchan boʻlgan insonlarga xos. Ular tavakkalchidirlar. Atrofdagilar bilan tez chiqishib ketadigan, xushmuomala boʻladilar. Biror narsani sevsalar bir umrga, yoki aksincha biror narsadan nafratlansalar hech qachon unutmaydilar. Rang qanchalik toʻq boʻlsa, ushbu xislatlar ham shunchalik kuchli boʻladi.

Och jigarrang koʻz egalari (yongʻoqrang) hamma narsani ham oʻz kuchlari bilan hal qila olmaydigan (rang qanchalik och boʻlsa ushbu sifat kuchliroq boʻladi), orzularga beriluvchan, xomxayol insonlar boʻlishadi. Birdamlikka va tinchlikka intiluvchan, mehnatni juda sevadigan, serharakat toifa. Bu turdagi odamlarga bemalol ishonish mumkin. Hech qachon ishonchni poymol qilishmaydi. “Yongʻoqranglilar” – mustaqil boʻlishni sevishadi. Birov ularga qandaydir ozor beradigan boʻlsa anchagacha esdan chiqarishmaydi, yaʼni “qora xotira” juda yaxshi faoliyat koʻrsatadi

Yashil koʻz — juda dono, ayni paytda yuvosh va kam harakat toifa. Oʻz atroflarida katta suhbatdoshlar doirasini yigʻishlari va ularni chin dildan eshitishlari boshqalarni ushbu insonlarga yaqinlashtiradi. Oldiga qoʻygan maqsadlarini doimo oxirigacha amalga oshirmasdan qoʻyishmaydi. Sevgida ham, doʻstlikda ham birdek. Yashil rangdagi koʻz egalari- oldiga qoʻygan maqsadlariga qattiq harakat qiladigan, prinsipial, juda ham tartibli boʻlishar ekan. Barcha narsani oxiriga yetkazib, maromiga qoʻyib bajarishni xush koʻrishadi. Atrofdagi narsalarga haqiqiy real koʻz bilan qarashadi. Qiyinchiliklardan umuman hadiksirashmaydi, hayotda oʻzlariga va boshqalarga talabchan boʻlishgani sababli, hayotdagi juftlarini topishlari koʻp vaqt talab etadi. Ammo sevgan insonini benihoya qadrlaydilar. Ishonchli doʻst va yaxshi hamsuhbat.

Kul rang — hayotga real koʻz bilan qaraydigan, sodir boʻlayotgan hodisani yaxshi his qila oladigan insonlar. Mehnatkash, yaxshi maslahatdosh, sabrli, muammolarni oʻz vaqtida hal qiladigan turkum vakillari. Adolatsizlikka umuman toqatlari yoʻq, hayotda koʻpincha bir marta sevadilar va bu sevgi yuraklarida bir umr muhrlanib qoladi. Dushmanlariga nisbatan oʻta qattiqqoʻl va tajovuzkor boʻladilar. Kul rang koʻzlilar haqiqiy mehnatsevarlar, zehni oʻtkir insonlar. Bunchalik yuqori darajadagi zehn sohibi boʻlishlariga qaramasdan intuitsiya rivojlanmagan boʻlar ekan. Turli xil muammolarni paydo boʻlishi bilanoq tezda bartaraf etishga tirishadilar. Bunday rangdagi koʻzli shaxslar halol, halollikni xush koʻruvchi, mehribon va ishonchli odamlar.

Havo rang koʻz sohiblari — orzularga beriluvchan, romantik, his- tuygʻusi kuchli insonlar. Ularda ham “qora xotira” yaxshi ishlaydi, koʻz yoshlar bilan ularni koʻnglini yumshatib yoki aldab boʻlmaydi. Barchani yurakka yaqin oladilar, maqsadi sari jon – jahdi bilan harakat qiladilar. Yuvosh, ammo bir xillikni umuman yoqtirishmaydi, sevgi bobida ham xuddi shunday xilma – xillikni xush koʻradilar. Rassomlik, haykaltaroshlik, aktyor, yozuvchilik va boshqa sohalarda ham gʻoyat iqtidorli boʻladilar.

Toʻq-havo ranglilar — melanxoliyaga moyil, kayfiyati beqaror, injiq insonlar toifasiga kiradi.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koʻzingizni rangi feʼl-atvoringiz qandayligini aytib beradi