09:57 / 06.09.2018
63 756

Doimiy uyqu kelishi nimadan darak?

Doimiy uyqu kelishi nimadan darak?
Inson organizmi kunduzi tetik boʻlishi va kechasi uxlashi kerak. Sogʻlom kechki uyqu kuch toʻplash uchun muhim. Ayrim paytlarda inson organizmining butun kun davomida uyquchanlik holati kuzatiladi va bu holat meʼyor hisoblanadi.

Uyquchanlik holatining tez-tez takrorlanishi va doimiy tusga oʻtishi inson organizmi ishidagi muammolarning belgisi boʻlishi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Doimiy uyquchanlik ikkita yoqimsiz va xavfli xarakteristikaga ega:

Hayot sifatini xavfli darajada pasayishiga olib keladi: uyquchanlik holatidagi eʼtiborsizlik avariya va shikastlanishlarga sabab boʻladi, ish unumdorligi pasayadi, kayfiyat buziladi, energetik pozitiv tonus kamayadi.

Hayotiy muhim aʼzolar faoliyatini buzilganini bildiradi: uyqusizlik va uyqu buzilishini boshqa turlari qatorida fiziologik kasalliklar va nerv tizimi patologiyasidan darak beradi, depressiyani anglatadi.

Tetik kayfiyat va faol holatni qaytarish uchun nima sababdan uyquchanlik rivojlanganini aniqlash va uni yoʻqotishni talab etiladi.

Doimiy uyquchanlik meʼyoriy holatmi?

Quyidagi holatlarda doimiy uyquchanlik sogʻlom organizmlarda ham kuzatiladi:

- Oʻta issiq, bulutli yoki yomgʻirlik kunlarda;
- Havosi dam va kam yoritiladigan xonalarda;
- Ayollarda hayz siklini ayrim kunlarida va homiladorlikda.

Qolgan vaziyatlarda tinmay kunduzi uyqu kelishi sababini maʼlum bir maxsus diagnostik usullar yordamida aniqlash kerak boʻladi.

Nima sababdan doimo uyqu kelaveradi?

Bu savolga javobni umumlashtirilgan holda quyidagi guruhlarga boʻlgan tartibda sababini keltirish mumkin:

- Uyquni buzilishi (kechasi uxlamaslik, kechki apnoye-nafasni toʻxtab qolishi);
- Narkolepsiya (Jelino kasalligi) – kam uchraydigan kasallik boʻlib, birdaniga kuzatiladigan uyqu xurujlari bilan xarakterlanadi;
- Mavsumiy affektiv buzilishlar – (kuz-qish mavsumida kunning yorugʻ davri qisqarishi hisobiga yaxshi kayfiyat gormoni —serotoninni kamayishi va uyqu gormoni — melotoninni ortishi bilan tushuntiriladi;
- Somatik kasalliklar — qadimgilar aytganidek “kasallik uyqu yordamida tuzaladi” iborasi kabi, organizm majburiy uyqu talab qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Doimiy uyqu kelishi nimadan darak?