15:53 / 08.09.2018
4 532

Nima uchun baʼzida bekorchilik bandlikka qaraganda foydaliroq hisoblanadi?

Nima uchun baʼzida bekorchilik bandlikka qaraganda foydaliroq hisoblanadi?
Oʻzingizga hech nima bilan shugʻullanmaslik imkonini bering va buning uchun vijdoningiz qiynalmasin. Natijasiga oʻzingiz guvoh boʻlasiz.

Muvaffaqiyatga erishish uchun doimiy ravishda ishlash, barpo etish va yangi narsalarni oʻylab topishimiz kerakdek tuyuladi. Biroq bandlik va muvaffaqiyat bir narsa emas.

Tadbirkor va bloger Eytekin Tenk nima uchun baʼzida bekorchi boʻlish va buni odatga aylantirish haqida soʻzladi.

Hozirda bekorchilik toʻgʻrisidagi fikrning oʻzi “yovvoyi” boʻlib koʻrinadi. Odamlarni necha soat ishlashi va qay darajada bandligi bilan baholaymiz. Bandlik mavqe va muvaffaqiyat ramziga aylandi. Biroq ertami, kechmi maqsadimiz nima ekanini oʻylaymiz: koʻproq band boʻlishmi yoki oʻz ishimizga koʻproq hissa qoʻshishmi? Shuning uchun koʻpchilik tadbirkorlar hech nima bilan shugʻullanmaslikka doimiy ravishda vaqt ajratadi.

Bill Geyts Microsoft kompaniyasini boshqarganda yiliga ikki marta fikrlash uchun bir haftadan vaqt olardi. Bu taʼtil emasdi, oʻylash, oʻqish va biznesni yuritishdan chalgʻish uchun vaqt. Geyts fikrlash haftasiga shu qadar jiddiy yondashardiki, bu vaqt davomida na oilasi, na doʻstlari va na xodimlar bilan koʻrishmasdi.

Geytsning soʻzlariga koʻra, Microsoft muvaffaqiyatning katta qismi u boʻsh boʻlganida miyasiga kelgan gʻoyalarga asoslangan.

Sizga bir hafta davomida oila va doʻstlaringizdan uzoqda boʻlish shart emas. Koʻpchilikda bir hafta davomida hech narsa bilan band boʻlmaslik imkoniyati ham mavjud emas. Osonroq yondashuvni sinab koʻring: dam olish kunlari barcha elektron qurilma va texnologiyalardan voz keching. Telefon va noutbukni oʻchirib, javonga yashiring. Bor kuchingiz bilan televizor koʻrmaslikka harakat qiling. Oʻzingizga kundalik ishlarni unutish, yangi gʻoyalarni oʻylab topish va eskilarini yodga olish imkoniyatini bering.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun baʼzida bekorchilik bandlikka qaraganda foydaliroq hisoblanadi?