00:30 / 09.09.2018
6 010

Munajjimlar bashorati: 9 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 9 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Yulduzlar barcha ezgu niyatlaringizga mustaqil tarzda erishishingizni maslahat berishadi. Hech kimdan, hatto, yaqin doʻstlardan ham, qarindosh-urugʻdan ham yordam kutmang. Katta pul tikiladigan ishlar uchrasa, avval obdon bu ishning past-balandini oʻrganib olgandan keyin harakatlar sodir eting. Yaqin insonlarga alohida eʼtiborli boʻling. Ular sizni juda yaxshi koʻrishadi. Kechqurun oila davrasida vaqt oʻtkazing.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

9 sentyabr kuni kayfiyatingiz agressiv koʻrinishda boʻlishi kutiladi. Buning arzirli sabablari boʻlsa ham unday kayfiyatdan voz kechishingiz kerak boʻladi. U sizni boshi berk koʻchaga olib kirib qoʻyishi mumkin. Moliyaviy muammolar siz kutganingizdan ham osonroq ijobiy hal boʻlishi kutilmoqda. Kunning ikkinchi yarmida sizga qoʻshimcha daromad keltiruvchi ish taklif etishlari mumkin. Rad etmang. Pulning ortiqchasi boʻlmaydi. Salomatlikka ham ehtiyotkorona munosabatda boʻling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Xizmat yuzasidan, shaxsiy ish bilan u qadar uzoq boʻlmagan manzillarga safar qilishingiz mumkin. Lekin vaqtni juda tejashingizga toʻgʻri keladi. Aks holda asosiy yumushlarni ado etishga ulgurmasligingiz mumkin. Kun davomida organizmni jismoniy zoʻriqtirishdan saqlaning. Ovqatlanish rejimiga amal qiling. Muhabbatda favqulodda yoqimli xabarlar eshitasiz. Xursandchilikdan yorilib ketmaslik uchun oʻzingizni xotirjam tutishga harakat qiling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

9 sentyabrda asosan illiyuziya qurshovida vaqt oʻtkazishingizga toʻgʻri keladi. Ammo reallikdan sira chekinmaysiz. Professional kasbingiz bilan bogʻliq ishlaringiz tobida boʻlishi kutilmoqda. Shunday ekan, oʻzingizni urintirib, oʻtdan choʻgʻga sakrayverishingizga sira hojat yoʻq. Kechki payt yaqin doʻstingizga tegishli boʻlgan yoqimli bir xabarni yetkazishlari mumkin. Surunkali oshqozon xastaligi bilan ogʻriganlar bugun profilaktik ishlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatga erishishadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yulduzlar kuningiz unumli va xayrli kechishini bashorat qilishgan. Mayda-chuyda yumushlarni deb behuda vaqt oʻtkazmang. Eng muhim loyihalarni hayotga tadbiq etishga kirishing. Bu sizga moddiy manfaat hadya etadi. Bugun sevimli xobbi bilan band boʻlish, sportzalga borish, kinoga tushish yoqimli va muvaffaqiyatli kechadi. Ruhan yengil tortasiz. Vaqtingiz chogʻ boʻladi. Tushlaringiz totli kechadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

9 sentyabr kuni oʻzingizga yoqmaydigan, niyati buzuk odamlar bilan muloqot qilishingizga toʻgʻri keladi. Bunday lahzalarda xotirjamlik bilan munosabat yuriting. Moddiy ahvolingiz bugun havas qiladigan darajada boʻlmasligi mumkin. Shu sababli birovlarga qarz bermang. Ruhiy holatingizga putur yeta boshlaganini sezishingiz bilan chorasini koʻring. Depressiyaga tushib qolishdan saqlaning. Surunkali xastalikka chalinganlar oʻzlarini juda ehtiyot qilishlalri tavsiya etiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kuningiz birday yaxshi kechmasligi mumkin. Yoʻl-yoʻlakay yoqimsiz va koʻngilsiz vaziyatlarga tushib qolishingiz ehtimoli bor. Ishxonangizda hamkasblar bilan munosabatlar juda meʼyorida kechadi. Moliyaviy masalada ham omadingiz chopadi. Lekin baribir pulning kam tuyulaverishi yomon-da. Juda boʻlmasa, qoʻshimcha daromad keltiruvchi ish topsangiz ham foydadan xoli boʻlmasdi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

9 sentyabr kuni ishda tezroq omadga erishishni istasangiz, yaqin doʻstlarni yoki oʻzingizga yoqqan hamkasblarni sherik qilib oling. Ammo yetakchilikni oʻz boʻyningizga oling. Tadbirkor boʻlsangiz, ishni jangovar tashkil etgan holda raqobat maydonida mardona kurashishga harakat qiling. Muhabbatda juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingiz bilan janjallashib qolishdan saqlaning. Shundagina muhim masalalarni ijobiy hal eta olasiz. Salomatlikka alohida eʼtiborli boʻling.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Qarindoshlar va farzandlar sizga bugun koʻpgina noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bardamlikda ular bilan muloqot qiling. Oilada kimgadir oʻqishi, kimgadir davolanishi uchun pul kerak boʻlishi mumkin. Bunga ham siz balogardonsiz. Shuni unutmang. Bugun jismoniy mashqlar bajarish, olis safar va immunitetni koʻtarishga oid amallar xayrli, muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun yoqimli xabar eshitishingiz kutiladi.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

9 sentyabr kuni katta rejalar tuzasiz. Lekin bu rejalarni amalga oshirish masalasi koʻndalang turadi. Har qanday vaziyatda ham boshi berk koʻchada qolib ketmaslikka harakat qiling. Depressiya xavf solishi mumkin. Bu holatni aylanib oʻtishga urining. Roʻzgʻor yumushlari doirasida juftingiz yoki yaqinlardan biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Xotirjam boʻling. Aks holda katta pul ham bu janjalni toʻxtata olmasligi mumkin.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Bugun baʼzi bir tanishlar, yaqinlaringiz, doʻstlaringiz uchun psixologiya darsini oʻtishingizga toʻgʻri keladi shekilli. Ularning ruhiyati aziyat chekkan boʻlishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida favqulodda qoʻlingizga kelib tushadigan daromad kayfiyatingizni ham, vaziyatni ham butkul oʻzgartirib yuborishi kutiladi. Endi siz olisga sayohat qilishingiz, nimani xohlasangiz, oʻshani xarid qilishingiz mumkin boʻladi. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

9 sentyabrda azartli oʻyinlardan nari boʻling. Har bir harakatingizni xotirjamlik bilan sodir eting. Shunda obroʻ ham, sogʻligʻingiz ham ziyon koʻrmaydi. Kun davomida qarindoshlar bilan birga meros yoki xususiy mulk masalasini hal qilishingizga toʻgʻri keladi. Agar tanaffuslarga ruhan tayyor boʻlsangiz, hozircha pul haqida oʻylamay turing. Kun keladi, qoʻlingizga pullarning oʻzi kelib tushadi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 9 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?