13:28 / 09.09.2018
4 727

Inson nima uchun yomon qarorlar qabul qiladi va buni qanday yengish mumkin?

Inson nima uchun yomon qarorlar qabul qiladi va buni qanday yengish mumkin?
Ruhshunoslar nima uchun odam, notoʻgʻri boʻlsa ham oʻz fikrini himoya qilishi va bunga bogʻliq ravishda notoʻgʻri qaror qabul qilishini aniqladi. Gap shundaki, biz kelib tushuvchi maʼlumotlarga yanglish munosabatda boʻlishga va uni oʻzimizcha izohlashga moyilmiz.

Taxminiylikning tasdigʻi mavjud

Tasavvur qilingki, siz oʻzingizni biron-bir yangi mashgʻulotda sinab koʻrmoqchi boʻldingiz va birinchi marta, masalan, yoga mashqlariga bordingiz.

Siz kiyimingiz unchalik mos emasligidan yoki boshqalardek mashq bajara olmasligingizdan tashvishlanayapsiz. Yonma-yon turgan odamlarning har bir kulgisini oʻzingizga olasiz. Hamma sizning tajribasizligingiz ustidan kulayotganiga ishonasiz. Va nihoyat, siz oʻzingizga hech qachon u yerga qaytib bormaslikka soʻz berasiz.

Bu hodisa ruhshunoslikda taxminiylikning tasdigʻi deyiladi. Bu odamning oʻz fikri tasdiqlayotgan maʼlumotni izlash, uni oʻzicha izohlash va esda saqlashga moyilligidir.

Bu bizning hayotimizga qanday taʼsir koʻrsatadi?

Taxminiylikning tasdigʻi biz qabul qilayotgan har bir qarorga taʼsir koʻrsatadi. Xaridlar, salomatlik, martaba, munosabatlar, moliya, hissiyotlar — bu moyillik, hatto uni biz payqamasak-da, bizning har bir tanlovimizga oʻz tamgʻasini bosadi.

Buni qanday yengish mumkin?

Qiziquvchan boʻling va shubhalanishni kamaytiring

Agar biron-bir odam bilan qanday boʻlmasin oʻz fikringizda qatʼiy turish maqsadida suhbatlashishga kirishsangiz, siz taxminiylikning tasdigʻi taʼsiriga tushasiz.

Oʻz haqligingizni isbotlashga urinmang. Dunyoni oʻrganing va hamma narsaga bebaho tajribaga qaragandek qarang. Oʻzingizga xato qilishga imkon berish bilan, siz koʻplab yangi narsalarni bilib olasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Inson nima uchun yomon qarorlar qabul qiladi va buni qanday yengish mumkin?