17:17 / 09.09.2018
5 708

Bir kun uxlamasangiz, nima boʻlishini bilasizmi?

Bir kun uxlamasangiz, nima boʻlishini bilasizmi?
Yaponiyaning Toxo universiteti mutaxassislari bir kun uxlamaslik diabet xastaligi kelib chiqishining bosh sababchisi ekanligini aniqladilar. Ular bu xulosaga hayvonlar bilan oʻtkazilgan tajriba asosida keldilar, deya xabar berdi “Hordiq” nashri.

Yapon tadqiqotchilari tajribani kemiruvchilar ustida olib borishdi. Kemiruvchilar ikki guruhga boʻlindi, har bir guruhga yogʻli mahsulotlar hamda suv berildi. Tadqiqot davomida guruhlardan biri olti soat davomida uyqusiz qoldirildi, ikkinchi guruh odatdagidek tartibda dam oldi. Natija shuni koʻrsatdiki, uyqusizlik jigarni glyukoza ishlab chiqarish qobiliyatiga, shuningdek, insulinni sindirishga taʼsir qilgan. Bu asosda 2-toifa diabet rivojlanishi va jigar kasalligi (steatoz) rivojlanishining xavfi oshgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir kun uxlamasangiz, nima boʻlishini bilasizmi?