07:01 / 10.09.2018
4 127

Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi

Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
Uyqusiz tun sabab kuchsizroq boʻlishingiz va semizlikning yuqori xavfiga uchrashingiz mumkin. Tanamiz smenali ish grafigi, charchoqqa shu yoʻl bilan reaksiya qilishini tushuntirishga undaydigan tadqiqot natijalari ana shunday, deya yozadi Independent jurnalisti Aleks Mettyuz-King.

Shved tadqiqotchilarining jamoasi uyqusiz oʻtkazilgan bitta tun yogʻ toʻqimasiga organizmning yogʻ yigʻish xususiyatini oshiradigan genni kiritishini namoyish etishdi. U ikkinchi tur diabetining yuzaga kelishi bilan bogʻliq.

“Olimlar mushak toʻqimasidagi aks effektni ham qayd etishdi. Boʻgʻimlarni tashkil qiluvchi murakkab oqsillar oddiy shaklga kira boshladi. Tadqiqotchilar bu organizmga yogʻ zaxirasini saqlashga yordam beruvchi adaptatsiya boʻlishi mumkin degan fikrdalar”, - deya xabar bermoqda Kun.uz.

Tadqiqot muallifi Uppsals universiteti xodimi Jonatan Sedernas shunday hikoya qiladi: “Hozirgi vaqtda smenali ish va toʻyib uxlamaslik juda keng tarqalgan. Shuning uchun buni oʻrganish muhim. Biz tadqiqotimizning natijasi surunkali toʻyib uxlamaslik va smenalarda ishlash semizlik va ikkinchi tur diabeti xavfini oshirishi, shu bilan birga mushak toʻqimasi kamayishiga guvohlik beradi, deb hisoblaymiz”.

“Bu biologik soatlarning oʻzgarishiga ham bogʻliq deb oʻylaymiz. Maʼlumki, ular 24 soatlik surʼatni nazorat qiladi”, - deydi u.

Olimlar 15 nafar sogʻlom koʻngillilardan normal uyquli tun va tungi smenaga taqlid qilish maqsadida ularga uxlashga ruxsat berilmagan tundan keyin qon, mushak va yogʻ toʻqimasi namunalarini olishgan. Ovqatlanish, jismoniy mashqlar va yorugʻlik oʻzgarmagan.

Tadqiqotchilar toʻqimadagi DNK – genetik kod segmentlarining qoʻshilishi jarayonlarini oʻrganishdi.

“Tahlil buzilgan uyqudan keyin DNKdagi yogʻ toʻplash bilan bogʻliq jarayonlar kuchayganligini koʻrsatdi. Mushak toʻqimasida katta, quvvat sigʻimiga ega mushaklarni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq genlar faolligi pasaygan. Bu esa tuzilmaning buzilishiga olib kelgan. Mazkur jarayon katabolizm sifatida mashhur”, - deyiladi maqolada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi