13:26 / 10.09.2018
6 436

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Qarish muammolari boʻyicha Milliy institut va Jon Xopkins Universiteti (AQSH) olimlari tungi uyquning kam miqdori va Alsgeymer - hayot sifatining jiddiy yomonlashuvi hamda erta oʻlimga olib keluvchi davolanmaydigan kasallik oʻrtasida bogʻliqlik borligini aniqladilar. Bu haqda EurekAlert!ʻdagi matbuot xabarnomasida aytiladi.

Mutaxassislar 1958 yildan boshlab uch mingdan ziyod kishi qatnashgan Baltimore Longitudinal Study of Aging uzoq muddatli tadqiqot davomida olingan maʼlumotlarni tahlil qildilar. 1991-2000 yillar davrida koʻngillilar oʻrtasida soʻrov oʻtkazildi, uning davomida ularga uyqu sifati va kunduzgi uyquga oid qator savollar berildi. Sinovda ishtirok etganlar guruhi Alsgeymer kasalligining belgisi boʻlgan beta-amiloid birikmalar identifikatsiyasi uchun Pittsburgh B (PiB) kimyoviy birikmasidan foydalanib, pozitron-emission tomografiyasidan oʻtkazildi.

Tadqiqotchilar soʻrovdan oʻtgan, 16 yildan soʻng esa - PiB tomografiyasidan oʻtkazilgan 123 nafar koʻngillini aniqlashdi. Maʼlum boʻlishicha, kunduzgi vaqtda mudragan, uyqusi kelgan kishilarda amiloid birikmalarni toʻplash xavfi boshqa ishtirokchilarga qaraganda deyarli uch baravar koʻp boʻlgan.

Olimlarning fikriga koʻra, bunday natijalar kunduzgi mudrash, surunkali shaklda beta-amiloidlarning hozircha nomaʼlum boʻlgan mexanizm orqali shakllanishiga olib keluvchi yomon tungi uyqu natijasi sanaladi. Biroq, tadqiqotchilar birikmalarning oʻzi uyqusizlikni chaqirishi mumkin ekanini hozircha istisno eta olmayaptilar.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq hayotni uzaytiradigan uyqu davomiyligi maʼlum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi