06:00 / 13.09.2018
4 787

Semizlik aqliy salohiyatga salbiy taʼsir koʻrsatishi aniqlandi

Semizlik aqliy salohiyatga salbiy taʼsir koʻrsatishi aniqlandi
Amerikalik olimlar jamoasi ortiqcha vazn miya faolligiga salbiy taʼsir koʻrsatishini aniqlashdi. Science News shu haqida xabar berdi.

Tadqiqot ikki guruhga ajratilgan laboratoriya sichqonlarida oʻtkazildi. Birinchi guruh kemiruvchilari kaloriyali oziq-ovqatlar bilan, ikkinchi guruhdagilari esa tavsiya qilingan miqdordagi kaloriyali mahsulotlar bilan oziqlantirildi.

Uch oy ichida birinchi guruh sichqonlarining vazni ikkinchisiga nisbatan oʻrtacha 40 foizga oshdi, ularning aqliy salohiyati esa pasaydi. Masalan, sichqonlarning labirintdan chiqishi sekinlashgani va tashqi taʼsirlarga sekinroq reaksiya qilayotgani kuzatilgan.

Ortiqcha vazn toʻplagan sichqonlarda mikrogliylar - aqliy salohiyatga taʼsir qiluvchi hujayralar soni oshgani aniqlangan. Mutaxassislar bu oʻz-oʻzidan xavfli emasligi, lekin ularning koʻpayishi miyadagi signallarni sekinlashtirish mumkinligini maʼlum qilishdi. Olimlar sogʻlom sichqonlar ortiqcha vaznli sichqonlarga nisbatan nafaqat tezkor, balki aqlliroq ham ekanini taʼkidlashmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Semizlik aqliy salohiyatga salbiy taʼsir koʻrsatishi aniqlandi