00:36 / 13.09.2018
6 116

Munajjimlar bashorati: 13 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 13 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

13 sentyabr kuni mayda-chuydalargacha eʼtibor qaratmasangiz boʻlmaydi. Bugun sodir boʻladigan har bir voqea kelajakda muhim rol oʻynashi mumkin. Asosiysi, kelajakka ishonsangiz bas. Omadning oʻzi kelib yelkangizga qoʻnadi. Moliyaviy masalada ham omadingiz keladi. Kunning ikkinchi yarmida sira kutilmaganda gʻoyibdan pul kelib qoʻlingizga tushishi kutiladi. Lekin sarflashga shoshilmang. Yaxshi kunlar uchun asrab qoʻying. Kechqurun ayrimlar favqulodda safarga otlanishi mumkin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Yulduzlar bugun boshingizdan tasodifiy ishlar oʻtishini bashorat qilgan. Lekin ular tasodifiy boʻlib chiqmasligi mumkin ekan. Baribir mamnun tortasiz. Ayniqsa, kun davomida yangi tanishuvlarni boshingizdan oʻtkazishingiz kayfiyatingizni ilkis koʻtarib yuborishi ehtimoldan xoli emas. Har bir oddiy manzaradan, hodisadan ham ilhomlanib, toʻlqinlanib keta bilasiz. Tabiatan realist boʻlsangiz-da, muhabbatda illyuziya taʼsiridan chiqib keta olmay halak boʻlasiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

13 sentyabr kunning birinchi yarmida ish joyingizdagi hamkasblardan biri koʻngilsiz xabar yetkazishi kutiladi. Lekin emotsiyani nazorat eta bilishingiz kerak. Bilib-bilmay, notoʻgʻri gap gapirib qoʻyishdan saqlaning. Kun davomida ayrim vaziyatlar sizga qarshi chiqish ehtimoli bor. Baʼzilar moliyaviy jihatdan yoʻqotishlarni boshdan kechirishi mumkin. Muhabbatda muvaffaqiyatga erishasiz.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

Yulduzlarning bashorat qilishlaricha, bugungi kun siz uchun omadli va xayrli kechadi. Oʻtgan kunlari chin koʻngildan ishlab qoʻyganingizning mevasini bugun terib yeyish baxtiga muyassar boʻlasiz. Ishxonada hamkasblar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Lekin ular uzoq choʻzilmaydi. Shaxsiy hayotingizda ham sokinlik hukm suradi. Faqat yetakchilikka daʼvo qilib qolmasangiz bas. Salomatligingizni asrang. Ovqatlanish qoidalarini buzmang. Ana shunda sizdan salomati boʻlmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

13 sentyabrda yaqin oʻtmishdagi muvaffaqiyatsizliklarni qayta yodga olib kayfiyatingizni buzishingiz tavsiya etilmaydi. Birovlarga faqat xursand, xushchaqchaq holda koʻrining. Muhabbatda boshingizdan bir dunyo toʻfonli lahzalar oʻtishi kutiladi. Kechki payt yangi tanishuvni boshdan oʻtkazishingiz mumkin. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Kuningiz omadli kechishi yuz-koʻzlaringizdan ham balqib turadi. Oʻtmishning shirin xotiralari qalbingizga yoqimli garmoniya hadya etadi. Ammo yoʻl-yoʻlakay uchrab qoladigan noqulayliklardan yuz burmang. Ular ham qaysidir maʼnoda hayot maktabi vazifasini oʻtashi mumkin. Tadbirkor boʻlsangiz, hamkorlaringiz bilan boʻlib oʻtadigan uchrashuv muvaffaqiyatli kechadi. Ular bilan qanday qilib halol yoʻldan yurgan holda yanada koʻproq daromad qilish xususida maslahatlashib olasiz.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

13 sentyabr kuni jamoaviy tarzdagi ishlaringiz baroridan keladi. Yolgʻizlikda ishlash esa aksincha muvaffaqiyatsizlik keltirishi mumkin. Bir soʻz bilan aytganda, ishda ham, shaxsiy hayotda ham standartlardan qoching. Noanʼanaviy yoʻllardan boring. Eski qadrdonlar bilan uchrashib suhbatlashish ham koʻnglingizni chogʻlashi tayin. Muhabbatda oila qurmaganlarning bugungi barcha urinishlari zoye ketishi kutiladi. Arqonni uzunroq tashlashingizga toʻgʻri keladi. Kechqurun baʼzilar xizmat safari bilan olisga yoʻl olishi mumkin.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

Yulduzlar oilasizlarga ertalab uyqudan uygʻoniboq, yaxshi kiyinishni va baxtini qidirishga tushishlarini maslahat beradi. Ikkilanmang, bugungi kun albatta siz izlagan baxtni hadya etadi. Koʻnglingiz ham sezib turganligi aniq. Baʼzi doʻstlarimiz lotereya chiptasi sotib olishni unutmagan boʻlishsa, bugun kechqurun doʻppini osmonga otaversalar boʻladi. Katta yutuq egasiga aylanishingiz ehtimoli bor. Asabni asrang.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

13 sentyabr taqdirning kuchli shamoli sizni muvaffaqiyat, quvonch, omadlar shahriga uchirib ketishi kutilmoqda. Siz bu shaharda to kechga qadar qolib ketasiz. Ishga ijodiy yondashish koʻpchilik doʻstlarimizga qoʻshimcha daromad va olqishlarni ato etadi. Bugun zararli odatlarni tashlab ketish, sport bilan shugʻullanishnin boshlash, ovqatlanish rejimiga amal qilish xayrli va yoqimli kechadi. Shu bahonada ortiqcha vazndan xalos boʻlishingiz mumkin. Qon-qardoshlarning koʻngliga qarang.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

Buguningiz u darajada quvnoq, omadli kechmasligi mumkin. Lekin kun mobaynida bir nechta yoqimli uchrashuvlarni boshdan kechirishingiz aniq. Ham maʼnan, ham moddiy jihatdan toʻkislik sari qadam tashlaysiz. Bugun shaxsiy biznesingizni ochib, yangi loyiha uchun katta pul tiksangiz, oxiri barakali boʻladi. Qarindoshlar bilan muloqotlarda hazil-mutoyibadan unumli foydalaning.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

13 sentyabr kuni oila qurmaganlardan kimdir bir umr orzulagan insonni uchratadi. Bu tasodifan yuz beradi. Oʻzingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz. Moliyaviy masalada optimist boʻling. Illyuziyadan qoching. Yaqin oʻtmishdagi yoqimsiz hodisalarni miyangizdan chiqarib tashlang. Sarf-xarajatlarni keskin kamaytiring. Aks holda pulsiz qolib ketishingiz hech gap emas.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Ertalabdan shaxsiy hayotingizni qayta yoʻlga qoʻyish payida boʻling. Juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingiz bilan qancha kam muloqot qilsangiz, shuncha yaxshi. Rahbarlarning eng muhim topshiriqlarini olishga, ularni oʻz vaqtida uddalab mukofot egasi boʻlishga harakat qiling. Sportzalda mashgʻulotlar oʻtkazish, parhez va surunkali oshqozon xastaliklarini davolash amallari muvaffaqiyatli kechadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 13 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?