14:38 / 14.09.2018
6 594

Tongda soat 8 ga qadar bajarilishi kerak boʻlgan 6 narsa (foto)

Tongda soat 8 ga qadar bajarilishi kerak boʻlgan 6 narsa (foto)
Foto: Pexels
Boyoʻgʻli yoki soʻfitoʻrgʻay ekaningiz muhim emas. Toʻgʻri oʻtkazilgan tong – yaxshi va unumdor kun garovidir. U ana shunday boʻlishi uchun bari kechki payt rejalashtirilishi kerak. Axir rejasiz erta turgach, toʻshakda qolishda davom etishingiz ehtimoli katta. Bundan tashqari, agar kech uxlab, erta tursangiz, kuningiz unumli boʻlmaydi. Axir toʻyib uxlamaslik miya funksiyalarini pasaytiradi.

Hech boʻlmaganda 10 daqiqa oʻzingiz bilan vaqt oʻtkazing

Erta turishning katta foydasi – yolgʻizlikda boʻlish imkoniyati. Hatto bir oʻzingiz yashamasangiz ham uydagilardan vaqtliroq turib, oʻzingizga hech boʻlmaganda 10-30 daqiqa ajrata olasiz. Bu xotirjam boʻlish, unumli kunga sozlanish, bir finjon choy va qahva ichishning ayni vaqti.

Bir stakan suv iching

Albatta, bu tavsiya istalgan vaqt uchun dolzarb. Biroq tongda juda muhim, chunki uyqu vaqtida organizm suv miqdorini yoʻqotadi. Uni zudlik bilan toʻldirish zarur.

Foto: Pexels
Badantarbiya qiling

Qiyin jismoniy mashqlar boʻlishi shart emas. Aksincha, choʻziling, qisqa tortilishlar qiling. Bundan tashqari, mashqlar miyani yaxshiroq ishlashga majbur qiladi.

Uzoq muddatli ishlar bilan shugʻullaning

Masalan, ingliz tilini mukammal darajada bilishni istaysiz. Ertalabda Coursera yoki TEDʻdagi videolarni tomosha qiling. Hatto 15 daqiqa ham sizni maqsadingizga yaqinlashtiradi.

“Qurbaqani yeng”

Albatta, bu metafora qoʻllangan nom. Tongda sizdan maksimal harakat talab etadigan ishlarni bajarish lozim. Agar ertalab buni uddalasangiz, demak boshqa maqsadlarni ham bajara olasiz. Bundan tashqari, iroda shunday resurski, kechga borib, u talab etiladigan ishlarni bajarish qiyinroq boʻladi.

Foto: Pexels
Sovuq dush qabul qiling

Yoki kontrast. Bu sizni tetiklantirib, quvvatga toʻldiradi. Ayniqsa, qiyin boʻlmagan jismoniy mashqlar bilan birgalikda yaxshi natija beradi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tongda soat 8 ga qadar bajarilishi kerak boʻlgan 6 narsa (foto)