16:26 / 15.09.2018
6 399

Yoshartiruvchi “Oltin sut” ichganmisiz? (video)

Ёшартирувчи “Олтин сут” ичганмисиз? (видео)
Sogʻliqni saqlash va yoshlikni asrash uchun retseptlar juda koʻp. Ammo oʻz qoʻlingiz bilan tayyorlashingiz mumkin boʻlgan shunday damlama borki, boshqa shifobaxsh vositalar bilan taqqoslaganda, uning juda katta miqdorda afzalliklari mavjud. Bu damlama “Oltin sut” deb ataladi.

U salomatlik uchun juda samarali boʻlib, tezlikda tananing butun kapillyar tizimini tozalaydi, tuz yigʻilishini bartaraf etadi. Bu ichimlikning hech qanday zarari yoʻq. Uni bemalol isteʼmol qilish mumkin. “Oltin sut” organizmni yoshartiradi. Oshqozon ishini yaxshilaydi. Turli mikroblarni yoʻqotishda samarali natija koʻrsatadi.

Bundan tashqari, u yana koʻplab xastaliklarga qarshi qalqon boʻla oladi.

Bu damlamaning oltin deya taʼriflanayotganiga sabab unda sariq rangli kurkumaning mavjudligi. Aynan mana shu ziravor ushbu ichimlikni darmondori sifatida namoyon etadi.

“Ming marta eshitgandan koʻra, bir bora koʻrgan afzal deyishadi-ku”, siz ham ushbu sehrli damlamani tayyorlab koʻring va oʻzingiz xulosa chiqaring…

Damlamaning qanday tayyorlanishini esa quyidagi video koʻrishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yoshartiruvchi “Oltin sut” ichganmisiz? (video)