Karyerangiz uchun muhim boʻlgan 5 ta “ustoz-shogird” munosabati

  • 15-09-2018, 19:38
  • 1 020
  • Hayot tarzi
  • Карьерангиз учун муҳим бўлган 5 та "устоз-шогирд" муносабати
    Karyera boʻyicha bloger Meri Abgesanva ustozlik munosabatlarining qanday turlari mavjudligi va ustozni qayerdan topish kerakligi haqida aytib berdi.

    1. Anʼanaviy ustoz/doʻst

    Odamlar doʻst haqida oʻylaganida aynan shu munosabatlarni tasavvur qilishadi. Sizning lavozimingizdan bir yoki ikki pozitsiyaga yuqori lavozimdagi odam. Sizning sohangizda ishlab, biroz avval siz duch kelgan qiyinchiliklarga duch kelgan kishi. Sizga ilhom berib, muvaffaqiyatli insonga aylanish borasida yoʻl-yoʻriq koʻrsatadigan va kompaniya hamda sohangizdagi nomaʼlum qoidalarni tushuntiradigan inson.

    Ular sizga qanday yordam bera oladilar: Kerakli odamlar bilan tanishtiradi, kompaniyada nima qilish va nima qilmaslik haqida soʻzlab beradi hamda muvaffaqiyati sirlari bilan oʻrtoqlashadi.

    2. “Tengdosh-ustoz”

    Ehtimol, bu eng qadrlanmaydigan ustozlik munosabatlari turlaridan biri. Qanchalik tez-tez oʻz hamkasblaringizga yoʻl-yoʻriq koʻrsatishga harakat qilyapsiz? Ragʻbatlantirish, ilxom berish va maqsad hamda intilishlarda bir-biringizni qoʻllab-quvvatlash.

    Hamkasblar bilan “ish jamoasi”ni toʻplang. Ularni ragʻbatlantiring va bir-biringizni mushkul vaziyatlarda qoʻllab-quvvatlang, yangi gʻoyalar taklif qiling.

    Men kompaniyamda tengdosh-ustozlarim boʻlmaganida qiyinroq boʻlar edi deb hisoblayman.

    Ularni qanday topish kerak: Bu kompaniyaga siz bilan birga kelgan odamlar. Siz ishonadigan va doʻstona munosabatlar oʻrnatadigan hamkasblar. Netvorking tadbirlariga borish orqali boshqa yosh professionallar bilan tanishishingiz mumkin.

    Ular sizga qanday yordam beradi: Siz ularda oʻz gʻoyalaringizni tekshirishingiz va norozilik, tashvish hissini namoyish etishingiz, kompaniya yoki soha yangiliklarini birgalikda muhokama qilishingiz mumkin. Ular esa sizni oʻz doʻstlari bilan tanishtiradilar.

    Foto: Unsplash
    3. “Aks ustoz”

    Kim boʻlib ishlashingizdan qatʼiy nazar “aks ustoz”, yaʼni sizdan kichkina odamga ega boʻlish muhim. Albatta, koʻpchilik ustozlikning bunday turi befoyda deb hisoblaydilar. Biroq innovatsiyalar dunyoga qay darajada tez kirib kelayotgani hisobga olinsa, unga eʼtibor qaratish lozim.

    Ularni qanday topish kerak: Yosh qarindoshlar, oila doʻstlari va oʻrta maktab oʻquvchilari.
    Ular qanday yordam bera oladilar: Zamonaviy trend va yoshlar qiziqishlari haqida gapirib beradilar.

    4. Katta ustoz/homiy

    Men katta ustoz yoki homiy sohangizda sizdan kamida oʻn yil oldinda yuradi, deb hisoblayman. Bunday kishi siz ishlaydigan kompaniyadan boʻlsa, yanada yaxshi. U sizga strategik qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Masalan: “Ish boʻyicha yangi taklifni qabul qilishim kerakmi?” Men X nuqtaga yetishni istayman, kim menga bu borada yordam bera oladi?”. Ularning tajribasi katta, siz bilan ularni oʻrtoqlashishga tayyor.

    Ularni qayerdan topish kerak: Kompaniyadagi netvorking tadbirlarida anʼanaviy ustoz orqali.
    Ular sizga qanday yordam beradi: Karyera borasida strategik qarorlar qabul qilishda yordam berib, sizni kerakli insonlar bilan tanishtiradilar.

    Foto: Unsplash
    5. Siz oʻzingiz

    Ustozlarning qadri baland. Cheksiz resurslar – kitob, podkast, biografiya, bloglarga boy bu dunyoda oʻzingizga taʼlim berish va oʻz-oʻzingizga ustoz boʻlishga majbursiz. Bu resurslar yordamida sizga Bill Geyts va Richard Brenson maslahatlari beriladi. Oʻz maqsadlaringizni yozib boring va natijalarni kuzating. Mutolaa uchun vaqt ajrating. Tinglashni oʻrganing. Oʻzgalar gapirayotganlariga quloq solish orqali ham istalgan narsani oʻrganishingiz mumkin, deb hisoblayman.

    Ularni qanday topish mumkin: kitob, podkast, YouTubeʻda.
    U sizga qanday yordam beradi: Dunyoning eng yaxshi ustozlaridan biror nima oʻrganasiz.

    Ustozlar haqida oʻqib, ularning karyeradagi muvaffaqiyatlarini kuzatib, veb-saytlaridagi maʼlumotlar bilan tanishib, ijtimoiy tarmoqlarda ularni kuzatib, ular nutq soʻzlaydigan tadbirlarda ishtirok etib oʻzingizga ustoz izlang.

    Bunday munosabatlarni oʻrnatish uchun bugun nima qila olasiz?

    - Ushbu turdagi ustoz munosabatlari haqida qaydlar yozing va ular sizning karyerangizda mavjudligi haqidagi savolga javob bering.
    - Ustozlar bilan doimiy ravishda muloqotda boʻling.
    - Oʻrganganlaringizni yozib boring.
    - Har yili ustozlik munosabatlaringizni oʻrganing.

    Manbalar:
    Kompaniya/universitetingizdagi ustozlik dasturlari. Agar bunday dastur kompaniyangizda boʻlmasa, uni oʻzingiz ishga tushiring.

    » » Karyerangiz uchun muhim boʻlgan 5 ta “ustoz-shogird” munosabati