20:45 / 19.09.2018
5 555

Kitob mohiyatini anglashga yordam beradigan 4 yondashuv

Kitoblar olami – sayyoradagi eng konservativ olam boʻlsa kerak. Har ikkinchi kitobxon kitob borasida tanqidlarga uchraydi: kerakli adabiyotni oʻqimayapsan, qiziqarli boʻlmagan kitobni yarmida tashlab ketding, axir uni oxirigacha oʻqishing kerak edi-ku! Mutolaaga osonroq munosabatda boʻlib, koʻproq narsani eslab qolish va albatta undan zavq olishda yordam beradigan yondashuvlar haqida hikoya qilamiz.
Kitob mohiyatini anglashga yordam beradigan 4 yondashuv
Kitobni yakunlashingiz shart emas

Balki kitob qiziqarli boʻlib chiqmagandir? U holda qimmatli vaqtni sarf etishdan ne maʼno? Yaxshisi boshqa qiziqroq kitob mutolaasini boshlagan maʼqul. Ikkinchi sabab asosan non-fikshen janridagi ilmiy-ommabop kitoblarga tegishli. Baʼzida kitobning muayyan jihatlariga qiziqasiz, biroq ichingizdagi boshqa bir ovoz barini oʻqishga majburlaydi. Unga quloq solmang. Keraklisini oʻqing. Vaqtni behuda sarflamang.

Maʼlumotni oʻzlashtiring

Balki, zamonaviy odam kuniga 500 mingga yaqin soʻzdan foydalanishini tasavvur etish qiyindir. Bu “Urush va tinchlik” hajmidan ortadi. Gap kitoblar, internetdagi maʼlumotlar va boshqalar haqida. Axborot dunyosining eng katta muammosi: maʼlumotlarning kichik qisminigina oʻzlashtiramiz. Shuning uchun oʻqilgan kitob bir necha kundan keyin xayolimizdan koʻtariladi.

Maʼlumotni oʻzlashtirishni oʻrganing. Uning ustida ishlang. Bilib olgan faktlaringiz haqida oʻylang. Doʻstlaringiz bilan muhokama qiling. Oʻz ijtimoiy tarmoqlaringizda bu haqida yozing. Maʼlumotga qancha koʻp vaqt sarflasangiz, u xotirangizda uzoq vaqtga oʻrin topish ehtimoli ortadi.

Parchalarni qaytadan oʻqing

Bu koʻpincha non-fikshen kitoblarga tegishli. Agar biror maʼlumotni yodda qoldirishni istasangiz, kitobni oʻqib boʻlgach, ertasi kuni eng muhim joylarini qaytadan oʻqish tavsiya etiladi. Maʼlumotni qayta oʻzlashtirish bilan birga bu oʻqilganlarni yaxshiroq eslab qolishda yordam beradi.

Mutolaaga instrument kabi munosabatda boʻling

Mutolaa maʼlumotni oʻzlashtirishning boshqa usullari kabi bizga bilim va koʻnikma olishda zarur. Buni anglasangiz, mutolaa jarayoniga xotirjamlik bilan munosabatda boʻlasiz.

Siz kitoblarni yoqtirasizmi? Ularga munosabatingiz qanday?

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kitob mohiyatini anglashga yordam beradigan 4 yondashuv