00:36 / 23.09.2018
6 638

Munajjimlar bashorati: 23 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 23 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Yulduzlar oʻz ishingizga, zimmangizdagi vazifalarga nisbatan oʻta masʼuliyatli boʻlishingizni maslahat beradi. Oʻz ishingizni imi-jimida boshqalar zimmasiga yuklashni xayolingizga ham keltirmang. Baribir foydasi boʻlmaydi. Bugun bilim olish, boshqa kasblarni egallash yoʻlidagi barcha harakatlar muvaffaqiyatli yakun topadi. Shaxsiy hayotingizda sizga garmoniya hamroh boʻladi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

23 sentyabr kuni sizni badavlat doʻstlaringizdan biri oʻz qanoti ostiga oladi. U nafaqat qimmatli maslahatlari bilan sizni qoʻllab-quvvatlaydi, balki katta miqdorda pul ham hadya etadi. Agar jiddiy, katta ishlarni rejalashtirgan boʻlsangiz, bugun omad siz tomonda boʻladi, ishonavering. Muhabbatda roʻzgʻor tashvishlari bilan toʻqnash kelishingiz mumkin. Ammo bu masalada katta janjal chiqishiga yoʻl qoʻymang. Sogʻligʻingizni koʻz qorachigʻidek asrang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Kunning birinchi yarmida bir olam iliq taassurotlarga ega boʻlishingiz kutiladi. Faqat ehtiyot boʻling, bu dengizga choʻkib ketmang. Kunning ikkinchi yarmida obroʻli odamlar bilan uchrashishingiz mumkin. Sogʻlom turmush tarzi, yoga bilan shugʻullanish bugun sizga faqat foyda keltiradi. Salomatligingiz mustahkamlana boradi. Immunitetni koʻtarish, asab tizimingizni mustahkamlash payida boʻling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

23 sentyabrda xudo sizga ikkita emas, oʻnta qoʻl bermaganidan afsus chekishingiz kutiladi. Ishlaringiz koʻpaygandan koʻpayadi. Shu ishlar orasida kimlar bilandir qoʻngʻiroqlashishingiz, qandaydir masalalarda kimlar bilandir maslahatlashishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Tijorat bilan shugʻullanadiganlardan birini kechki payt moʻmay daromad kutib qoladi. Kimlardir sizdan olgan qarzini ham qaytarishi mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun ertalabdanoq asab tizimingizni jilovda ushlashingiz talab etiladi. Xudo koʻrsatmasin, asabiylik ustun kelib kimnidir ranjitib qoʻysangiz bormi, katta janjalning iskanjasida qolib ketasiz. Shaxsiy hayotda ham ogʻir-bosiq boʻling. Dam olish kuni boʻlishiga qaramay, kimlardir kechqurun safarga otlanishi ham mumkin. Agar tijorat bilan shugʻullanishni niyat qilgan boʻlsangiz, bu masalaga ehtiyotkorona yondashing. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

23 sentyabr kuni kutilmagan qoʻngʻiroq tufayli hayotingiz butkul oʻzgarib ketishi hech gap emas. Agar shaxsiy hayotingizda yuz beradigan tanaffuslarga tayyor boʻlsangiz, boshni baland koʻtarishdan tiyilmang. Kunning ikkinchi yarmida kutilmagan baxt timsolida moʻmaygina pul kelib qoʻlingizga tushadi. Ammo bu haqda hech kimga churq etmang. Koʻz tegadi. Hasadgoʻylar nazariga tushib qolasiz. Surunkali xastalikka yoʻliqqanlar dorilarini oʻz vaqtida ichishlari, atmosferada sodir boʻlayotgan magnit boʻronlaridan saqlanishlari zarur.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Yulduzlar bugungi kuningiz chalkashliklardan iborat boʻlishini bashorat qilgan. Qalbingizni savollar chirmab oladi. Nega yaqinlaringiz sizga eng zarur paytda yordam koʻrsatishmayapti? Nega rejalaringiz hadeganda amalga osha qolmayapti?.. Bu savollarga kechqurun javob topishingiz uchun imkoniyat boʻladi. Kechqurun yolgʻiz qolgan holda dam oling.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

23 sentyabrda tadbirkorlar yangi hamkorlar bilan tanishib, oʻsha lahzaning oʻzida kelajak rejalarni puxtalab olishlari mumkin. Oilasiz boʻlsangiz, sevgan insoningiz siz uchun hamma narsaga tayyor ekanini oʻz koʻzingiz bilan koʻrasiz. U inson uchun siz har doim yonida boʻlsangiz bas. Boshqa hech narsa soʻramaydi. Kechqurun tashkil etiladigan romantik sayr va suhbatlar xayrli, yoqimli va muvaffaqiyatli kechadi.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun nimaiki ishga qoʻl urmang, oʻzingizga qattiq ishonishingiz, faollikni qoʻldan bermasligingiz lozim boʻladi. Ishga ijodiy yondashing. Birovlarning yordamiga suyanishni xayolingizga ham keltirmang. Muhabbatda oilasizlar boʻlgʻusi juftining barcha xohish-istaklarini soʻzsiz ado etishiga toʻgʻri keladi. Kun davomida tushkun kayfiyat sizni taʼqib etishi kutiladi. Ortga chekinmang. Bu kayfiyat oʻtkinchi. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt oʻtkazishingiz tavsiya etiladi.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

23 sentyabr kuni faolligingiz sizga bir qator ishlarni ado etishda omad keltiradi. Hech kim sizning vaqtingizni oʻgʻirlamaydi, xalal bermaydi. Yomon xayollarni bir chetga suring. Ular muhabbatda sizga jiddiy xalal berishi mumkin. Yana shuni bilingki, muhabbat masalasida faqat qalbingizga quloq tuting. Oʻzgalar aralashuviga zinhor yoʻl bera koʻrmang. Bugun bosh ogʻrigʻi, oshqozon va jigar xastaliklarini davolashga qaratilgan profilaktik amallar oʻz ijobiy natijasini beradi.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Yulduzlar ish bajarish davomida tez-tez nafas rostlashga eʼtibor qarating. Kun boʻyi azaliy orzularingizdan biri haqiqatga aylanishi ehtimolga yaqin. Atrofdagilar qarshisidagi obroʻ va hurmatni yoʻqotmaslikka harakat qiling. Agar tadbirkor boʻlsangiz, koʻnglingiz sezayotgan boʻlsa, katta ishlarga pul tikishda ikkilanmang. Bunday ishlarning daromadi ham koʻngildagidek boʻladi. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishiga tayyor turing.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

23 sentyabr kuni yaqin oʻtmishdagi muvaffaqiyatlaringiz takrorlanish arafasida boʻladi. Qanday masalada muvaffaqiyat qozonishingizning farqi yoʻq. Ammo har qanday ishda ham uzoqni koʻzlagan holda harakatlar sodir eting. Shaxsiy hayotda masʼuliyat sizning zimmangizda ekanini unutmang. Shunda moliyaviy muammolar ijobiy hal boʻladi. Kuningiz xayrli kechadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 23 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?