15:55 / 23.09.2018
4 924

“Kel birgalikda oʻzimiz uchun duo qilamiz”

"Кел биргаликда ўзимиз учун дуо қиламиз"
Aroq ichishga odatlangan kishiga: “Allohga tavba qilmaysanmi?” dedim. U menga siniq nigohla boqdi va koʻzidan yosh tomchilab dedi: “Haqqimga duo qiling!”.

Bu odamning holatini oʻylab koʻrib, qalbim yumshadi. Uning yigʻisi Alloh haqlariga beparvo boʻlganidan, xafaligi teskari ish qilganidan va Alloh bilan sulhlashishga ragʻbat his etganidan edi. U iymonli, lekin sinovga uchragan moʻmin edi. U omonlikni istar va unga yaqinlashishda mendan yordam olmoqchi edi.

Oʻzimcha oʻyladim, mening holim ham shu odamnikidek, balki bundanda battar boʻlishi mumkin. Toʻgʻri, men hayotda aroq totimaganman. Chunki men yashagan muhit uning nimaligini bilmasdi. Lekin men gʻaflat arogʻini ichgan edim-ki, u meni Rabbimdan chalgʻitib, haqlarini unuttirgan edi.

U odam yoʻl qoʻygan kamchiligi uchun yigʻlayapti.

Men va menga oʻxshaganlar esa kamchiliklarimiz uchun yigʻlamaymiz. Chunki biz oʻzimizga aldanganlarmiz.

Aroqni tashlashi uchun mendan duo soʻragan oʻsha odamga oʻgirildim va: “Kel birgalikda oʻzimiz uchun duo qilamiz” dedim.

“Ey Robbimiz, biz oʻzimizga zulm qildik. Agar Sen bizni magʻfirat qilmasang va bizga rahm qilmasang, albatta, ziyon koʻrganlardan boʻlamiz” (“Aʼrof” surasi, 23-oyat)
Shayx Muhammad GʻAZZOLIY

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Kel birgalikda oʻzimiz uchun duo qilamiz”