17:20 / 30.09.2018
5 074

Yogʻli oziq-ovqatlarni yeb ozish mumkinmi?

Yogʻli oziq-ovqatlarni yeb ozish mumkinmi?
“Yogʻlarni yeng va ozing” (Eat Fat, Get Thin) kitobining muallifi doktor Mark Xayman ozish uchun albatta yogʻli oziq-ovqat isteʼmol qilish kerakligiga ishonchi komil. Uning fikricha, toʻgʻri ovqatlanishning 5 ta asosiy qoidalari mavjud boʻlib, ulardan koʻpchiligi aynan tarkibida yetarli miqdorda yogʻlar boʻlgan ovqatlarni isteʼmol qilishga asoslangan.

Sabzavotlar — ovqatning asosi

Xayman parhezida ovqatning 70—80 foizi sabzavotlar, donlar, dukkaklilar va mevalardan iborat boʻlishi lozimligi koʻzda tutilgan.

Oʻzingiz bilan yongʻoq va pista olib yuring

Muallifning aytishicha, sayohatlar vaqtida boshqa zararli mahsulotlarni yeb qoʻymaslik uchun doimo oʻzi bilan paketchada yongʻoq olib yurar ekan. “Yogʻ va oqsil — mening tamaddim”, — deydi u.

Saryogʻ va margarin oʻrniga — zaytun yogʻi

Zaytun yogʻi yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Shuningdek, baʼzi tekshirishlar xolesterinning umumiy miqdorini ham kamaytirishi mumkinligini koʻrsatdi. Zaytun yogʻi boshqa oʻsimlik yogʻlari singari yetarlicha kaloriyali boʻlgani uchun uni bemalol saryogʻ va margarinning oʻrniga ishlatish mumkin.

Steyk oʻrnida — yogʻli baliqlar

Losos, makrel va forel kabi yogʻli baliqlar — Omega-3 yogʻ kislotasiga juda boy. Omega-3ni organizmning oʻzi ishlab chiqarmaydi va u isteʼmol qilingan oziq-ovqatlardan olinadi. Inson organizmi uchun uning ahamiyati juda muhim boʻlib, hatto yurak xastaligi va insultning oldini ham oladi.

Oq non va guruchni kamroq isteʼmol qiling

Tozalangan uglevodlar yuqori boʻlgan va butun donlar past boʻlgan parhez sogʻliq bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yogʻli oziq-ovqatlarni yeb ozish mumkinmi?