16:48 / 01.10.2018
5 619

Infarktga uchramaslikning samarali usuli maʼlum qilindi

Infarktga uchramaslikning samarali usuli maʼlum qilindi
Yevropaning barcha rivojlangan davlatlaridagi oʻlim holatlarining 56 foizi yurak-tomir kasalliklariga toʻgʻri keladi.

Rossiyalik akademik Yuriy Belenkovning aytishicha, yurak-tomir kasalliklari “yosharmoqda”. Hozirgi kunda xatar guruhiga ota-onalari shunday kasalliklardan aziyat chekkan 40 yoshdan katta ayollar hamda 35 yoshdan katta erkaklar kiradi.

Oxirgi yillarda bu kasalliklarni davolashda sezilarli yaxshilanish kuzatilmoqda. Misol uchun, Syurix oliy texnika maktabi xodimlari 3D-bosma yordamida toʻliq faoliyat yurituvchi sunʼiy yurak yaratishgan.

Biroq shunga qaramay, Belenkovning aytishicha, infarkt va yurak ishemik kasalligiga qarshi kurashda profilaktika eng samarali vosita boʻlib qolmoqda.

“Toʻgʻri ovqatlanish, sport bilan shugʻullanish va salomatlikni kuzatish: qon bosimi, puls chastotasi, xolestirin va qondagi shakar miqdorini muntazam kuzatib borish. Ha, bu zerikarli va ogʻirdir, biroq bugungi kundagi eng samarali usuldir”, deb aytmoqda Belenkov.

Kuniga bor-yoʻgʻi 20 daqiqalik badantarbiya yurak, suyak va mushaklarni shikastlanishlardan saqlaydi hamda infarkt yoki insult avj olishining xavfini kamaytiradi, haftasiga ikki hovuch yongʻoq isteʼmol qilish esa yurak-tomir kasalliklari rivojlanishi ehtimolini deyarli 25 foizga kamaytiradi.

Germaniyalik va britaniyalik olimlarning yaqinda oʻtkazgan tadqiqotining koʻrsatishicha, haftasiga 4 finjon qahva ichish yurak hujayralari faoliyati va miokard infraktidan keyin ularning tiklana olishiga ijobiy taʼsir qiladi hamda qand kasalligidan yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Infarktga uchramaslikning samarali usuli maʼlum qilindi