15:42 / 03.10.2018
6 434

Olimlar qarishni sekinlashtiradigan moddani aniqlashdi

Olimlar qarishni sekinlashtiradigan moddani aniqlashdi
Minnesota universiteti va Mayo klinikasi olimlari koʻplab meva-sabzavotlar tarkibida mavjud boʻlgan fizetin moddasi inson salomatligi va umri davomiyligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini aniqlashdi. Bu haqda Kun.uz nashrida aytilmoqda.

Yosh oʻtgani sari inson organizmida hujayralarning qarish va zararlangan hujayralarning toʻplanish jarayoni yuz beradi, deyiladi matbuot relizida.

Yoshlikda immun tizimi organizmni bunday hujayralardan oson tozalaydi, ammo vaqt oʻtgani sayin tozalash samaradorligi pasayib boradi va organizmda zararlangan hujayralar toʻplana boshlaydi.

Tadqiqotchilar qari sichqonlarda tajriba oʻtkazishdi va fizetin organizmdagi zararlangan hujayralar miqdorini kamaytirishini, bu esa oʻz navbatida salomatlik va umr koʻrish davomiyligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini aniqlashdi.

Tadqiqot natijalariga koʻra, fizetin yordamida organizmning sogʻlomlik davrini uzaytirish mumkin.

Avvalroq AQSHlik olimlar guruhi taom isteʼmol qilish oraligʻini oshirish salomatlik va uzoq umr koʻrishga ijobiy taʼsir qilishini aniqlashgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar qarishni sekinlashtiradigan moddani aniqlashdi