07:01 / 04.10.2018
4 649

Ogʻir damlardan qanday chiqib ketish mumkin?

Ogʻir damlardan qanday chiqib ketish mumkin?
Shunday paytlar boʻladiki, inson qoʻllari biron narsa qilishga ojizlik qiladi. Qoʻrquv, nafrat ortidan turli ruhiy qiyinchiliklar, ogʻir stresslar birin–ketin kela boshlaydi. Xuddi ozgina fursatdan soʻng aqldan ozadigandek his qilasiz oʻzingizni. Bunday vaziyatda qanday qilib tinchlanish va barchasini qaytadan oʻz qoʻlingizga olishingiz, yashashda davom etishda kuch topa olishingiz mumkin? Bugun eʼtiboringizga qiyin damlarni ortda qoldirishingizda sizga asqotadigan maslahatlarni taqdim etamiz.

1. Oʻzingizni xursand boʻlishga oʻrgating!

Insondagi xursand boʻlish xislati ham bir odat hisoblanadi. “Agar siz sodir boʻlayotgan hodisalarning ijobiy, quvnoq tomonlarini koʻra olmasangiz, hamda faqatgina yomon narsalarni eslab qoladigan boʻlsangiz, yaxshi yangiliklarga javob beruvchi neyron yoʻllari yopiladi” – deydi psixoterapevt Filippo Peri. Agar miya yaxshi xabarlarni qabul qilmay qoʻysa, bunday neyron yoʻllarni oʻzi mustaqil hosil qila olmas ekan. Oddiy soʻz bilan aytganda, biz ichki hislarimizni oʻzimiz dasturlashtiramiz. Optimizm — amaliy ish. Nima boʻlganda ham boʻlayotgan voqealardan pozitiv onlarni izlab topish, quvnoq damlarni payqash va ularni xotirada saqlab qolish — sizni aʼlo kayfiyatda boʻlishingizni kafolatlaydi. Pozitiv tuygʻularni uygʻotish uchun esa, siz har ishda oʻzingizga “bu ishda qanday yaxshi jihat boʻlishi mumkin” deb savol bering.

2. Yomon ham xuddi yaxshidek qadrli.

“Asosiysi siz oʻzingizga yoqmaydigan hislarni qabul qiling, undan qochib yurish yaramaydi. “ — Filippo Peri. Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori, taniqli amerikalik yozuvchi: “Men oʻzimga tegishli boʻlgan va men his qilayotgan narsalarni his etishni xohlayman. Hatto, u baxtsizlik bilan bogʻliq boʻlsa ham. Chunki, sen senda bor boʻlgan barcha narsaning oʻzisan” — degan ekan. Sizni qiynayotgan fikrlardan qochib qayerga ham borish mumkin. Eng yaxshisi ularni tan olib, qabul qilib, kelgusida bunday boʻlmasligi uchun foydali xulosalar chiqarish lozim.

3. Devorga zarba bergandan koʻra taslim boʻlgan afzal.

1934 yilda chop etilgan, “Hayotni qanday boshqarish mumkin” deb nomlanuvchi juda eski kitobda Jeyms Gordon Gelki ajoyib maslahat yozib qoldirgan. Agar biz hayot qiyinchiliklariga duch kelsak, avval bu qiyinchiliklarga nima sabab boʻlganligini tushuntirishga harakat qilamiz. Albatta, bu oʻylar oxiri oʻzimizni koyish bilan tugallanadi. “Nimaga koʻpchilik uchun bu shunchalik qiyin?” — deya soʻraydi muallif oʻz asarida. “Chunki bolaligimizdan bizga gʻalaba — bu kurash va zafar quchish deb aytilgan. Yoshlik davrida shunday boʻladi ham. Yoshlikda duch keladigan qiyinchiliklar abadiy emas, yoshlik jasorati hamda metin iroda tufayli bunday mashaqqatlar yengiladi. Ammo yosh oʻtishi bilan vaziyat boshqacha koʻrinish oladi. Bunday damlarda biz oʻzimizni xuddi toʻrt devor bilan oʻralgan kichik qamoqchaga tushib qolgandek, ushbu devorlarni hech qanday zarb bilan buzib boʻlmaydigandek his qilamiz. Bu devorlarda bizning yaxshilik kunlarimiz ham, baxtsiz damlarimiz ham mavjud. Maslahatim shuki, ushbu devorlarni zarba bilan emas, balki ularni oʻzingizga qabul qilgan holda mahv eting.” — Jeyms Gordon Gelki.

4. Diqqatingizni oʻzingizdan atrofdagilarga qarating.

Yaʼni oʻzingizga nimani tilasangiz boshqalarga ham shuni ravo koʻring. Ularning muammolari ham siznikiga oʻxshash ekanligini unutmang!

5. Qoʻrqmang, aksincha seving.

Barchamizning his — tuygʻularimiz umumiy ikki turga boʻlinadi: sevgi va qoʻrquv. Ikkovi bir vaqtning oʻzida mavjud boʻla olmaydi. Turli vaziyatlarda tanlovga duch kelamiz: sevish (ishonish, qabul qilish, berish, gʻamxoʻrlik qilish) yoki qoʻrqish (ishonchsizlik, qochish, olib qoʻyish, hujum qilish). Agar siz sevgini tanlasangiz vujudingizni qoʻrquvdan xalos etgan boʻlasiz, ammo aksi boʻlsa, hayotingizda sevgiga oʻrin qolmaydi va barcha narsa qoʻrquvdan iborat boʻlib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ogʻir damlardan qanday chiqib ketish mumkin?