06:00 / 10.10.2018
5 264

Rasmda birinchi boʻlib nimani koʻrdingiz?

Rasmda birinchi boʻlib nimani koʻrdingiz?
Yuqoridagi suratga qarang va koʻzingiz bilan anglagan birinchi detalni tanlang. Ushbu detal siz haqingizda oʻzingizga ajoyib maʼlumotlar aytib beradi.

Javob variantlari

Toʻtiqush — quvonch va baxt belgisi. Atrofdagilar doim siz taratayotgan ijobiy quvvat tomon intilishadi. Kishilar bilan oson muloqotga kirishasiz, ammo ishonuvchanligingiz tufayli aziyat chekkan paytlaringiz ham koʻp boʻladi.

Palma daraxti — taʼtilni sogʻinganingizni bildirib turibdi. Siz yozni xush koʻrasiz, xushchaqchaqlik, oʻyin-kulgi bor joyda siz ham hoziru nozirsiz. Biroz hordiq chiqargach, ishlash lozimligini ham unutmang.

Qoʻl — rahnamolik, boshqaruvchilik belgisi. Nima boʻlishidan qatʼiy nazar vaziyatni nazorat ostida ushlab turishga intilasiz. Tugʻma boshliqsiz, yoʻl-yoʻriq koʻrsatgan barcha ishlaringiz xamirdan qil sugʻurgandek oson kechadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Rasmda birinchi boʻlib nimani koʻrdingiz?