18:06 / 11.10.2018
5 201

Olimlar: boylarning farzandlari aqlli bolalarga qaraganda koʻproq muvaffaqiyatga erishadi

Olimlar: boylarning farzandlari aqlli bolalarga qaraganda koʻproq muvaffaqiyatga erishadi
Oliy maʼlumot olishga qobiliyat emas, balki pullar koʻproq yordam beradi. Buni Nyu-York universiteti tadqiqotchilari aniqlashdi. Maʼlum boʻlishicha, boy oilalardan boʻlgan talabalar kambagʻallarga qaraganda, hatto kambagʻal tengdoshlari koʻproq iqtidorli boʻlsa ham, oʻqishni oʻz vaqtida tugatadilar. Tadqiqot Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi saytida eʼlon qilindi.

Olimlar bir milliondan ortiq yoshlarning genetik maʼlumotlarini tahlil qilishdi, ularning qaysi biri yuqori oʻzlashtirishga bogʻliq boʻlgan genlarga ega ekani aniqlandi. Shundan soʻng, ular har bir oʻquvchining kollejdagi muvaffaqiyati qanday boʻlgani va uning oilasi qanday daromadga ega ekanini aniqlashdi. Iqtidorli talabalar ham boy, ham kambagʻal oilalarda teng darajada boʻlgan. Biroq, past daromadga ega oilalardan boʻlgan iqtidorli talabalarning atigi 24 foizi kollejni tamomlashgan. Boy oilalardan boʻlgan talabalar orasida bu koʻrsatkich 63 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, boy oilalardan eng kam iqtidorga ega boʻlgan talabalar orasida 27 foizi oʻqishni tamomlagan. Bu past daromadga ega oilalardan boʻlgan eng kam iqtidorli talabalardan faqat 3 foizga koʻp.

“Agar sizda resurslar yoʻq boʻlsa, hatto iqtidorli bolalar ham jiddiy muammolarga duch kelishadi. Ularning salohiyati yoʻqoladi. Bu ular uchun ham, iqtisodiyot uchun ham yomon”, - deya taʼkidlaydi tadqiqot mualliflari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar: boylarning farzandlari aqlli bolalarga qaraganda koʻproq muvaffaqiyatga erishadi