Agar yaqinlaringiz bilan munosabatingiz oʻxshamayotgan boʻlsa...

  • 12-10-2018, 23:35
  • 1 136
  • Hayot tarzi
  • Agar yaqinlaringiz bilan munosabatingiz oʻxshamayotgan boʻlsa...
    Agar kim bilandir munosabatlaringiz oʻxshamayotgan boʻlsa, demak siz munosabatlarga yopiqsiz!!!

    Har qanday munosabat — puldan tortib, sevgi va oila munosabatlari — agar koʻngildagidek ketmayotgan boʻlsa, tan oling va qabul qiling — siz munosabatlarga yopiqsiz!

    Yopiqlik — bu shunday holatki, siz faqat odamlardan va borliqdan olishni istaysiz — berish haqida esa oʻylamaysiz ham. Agar siz “berayapman-ku” deb oʻylayotgan boʻlsangiz, demak siz yetarlicha bermayapsiz yoki berib endi talab qilayapsiz.

    Xoʻsh, aslida berish nima?

    ✔ Berish — bu tushunish, his qilish.

    ✔ Berish — boshqalarni chegarasini hurmat qilish.

    ✔ Berish — taʼsir qilish, yaʼni sizni koʻrib boshqalar ham berishga harakat qilishi.

    ✔ Berish — nafaqat narsa, balki shirin soʻz va samimiy tabassum!

    Avvalo ochiling va sizga berilayotgan narsalarni shukronalik bilan qabul qiling! Shundagina siz istagan narsalar sekin-astalik bilan hayotingizga kirib kela boshlaydi.
    Z. Xolboyeva

    Manba: Hordiq.uz

    » » Agar yaqinlaringiz bilan munosabatingiz oʻxshamayotgan boʻlsa...