10:13 / 15.10.2018
5 036

Erkaklar va ayollar: ozish kim uchun osonroq kechadi?

Erkaklar va ayollar: ozish kim uchun osonroq kechadi?
Ayollar ba’zan erkaklarga havas qilishadi. Ularga yashash osonroq bo‘lgani uchun emas, boshqa oddiy sababga ko‘ra: erkaklarning vazn tashlashi ayollarga nisbatan osonroq. Nima uchun deysizmi? "Zdorove s Yelenoy Malыshevoy"da keltirilishicha, tarixdan shunday.

Tana xususiyatlari

Erkaklar organizmida yog‘ to‘qimalari me’yorda taxminan 10-12 foizni tashkil qiladi (lekin 20 foizgacha oshishi mumkin). Ayollarda esa yog‘ to‘qimalari ko‘proq bo‘lishi kerak - 30 foizgacha. Bu ayollarning homilador bo‘lishi va bolani ona suti bilan oziqlantirishi bilan izohlanadi, albatta. Organizmning energiya zaxirasi esa - bu yog‘ to‘qimasi.

Anatomik xususiyatlar

Tabiatan erkaklarda mushaklar ko‘proq bo‘ladi, zero ularning tarixiy roli doimiy harakatni talab qiluvchi ov mashg‘ulotlarida bo‘lgan. Hatto sizning "ovchingiz" divanda yotishni ma’qul ko‘rsa ham, uning mushaklari baribir siznikidan ko‘proq, buni evolyutsiya deydilar.

Bu qomat va ozish uchun qanday ahamiyatga ega? Organizmda mushaklar to‘qimalari qanchalik ko‘p bo‘lsa, asosiy almashinuv darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Ya’ni erkaklar hech nima qilmasa ham, ayollarga nisbatan ko‘proq kaloriya sarflashadi.

Fiziologik xususiyatlar

Deylik, er va xotin bir vaqtda vazn tashlashga qaror qilishdi. Sport zaliga obuna bo‘lib, bir oy davomida shug‘ullanishadi, mashqlar ikkisi uchun taxminan bir xil... Bir oydan keyin erkak 5 kg vazn tashlaydi, ayol esa - 1 kg. Bu ko‘p uchraydigan holat.

Mushaklar massasi hajmidagi farqdan tashqari, gormonal fondagi tafovut ham muhim ahamiyatga ega. Erkaklarda testosteron ko‘p bo‘ladi, bu gormon mushaklarni intensiv o‘sishga majbur qiladi. Bundan tashqari, testosteron nisbatan agressiv xatti-harakatlar uchun javob beradi, shuning uchun erkaklar yuqori intensivlikdagi yuklamalar, takroriy mashqlarga uzoqroq chidamli bo‘lishadi va oxir-oqibat ko‘proq vazn tashlashadi.

Bundan tashqari, ayollarning ishdagi samaradorligi siklga juda kuchli bog‘liq, ya’ni oy davomida shunday kunlar bo‘ladiki, organizm ehtimoliy homiladorlikni kutadi va istar-istamas energiya sarflaydi. Bunday kunlarda esa ozishning uddasidan chiqish qiyin.

Axloqiy xususiyatlar

Bu ham ahamiyatga ega. Vazn tashlashga qaror qilgan ayollar mashqlarni qanday bajarishadi? Dugonalari bilan guruh mashg‘ulotlariga yozilishadi. Yog‘dan samarali xalos bo‘lish uchun esa daqiqasiga 110-130 zarb puls zonasida 40 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt mashq qilish kerak. Masalan, uzoq yugurish yoki tez-tez yurish, velosipedda harakatlanish va h.k. Aerobikada olinadigan interval yuklamalar organizmni mustahkamlaydi, lekin ular vazn tashlash uchun u qadar samarali emas. Erkaklar esa aksariyat hollarda yolg‘iz mashq qilishadi va ko‘pincha aynan yugurish hamda velotrenajyorni tanlashadi.

Kayfiyat xususiyatlari

Ayollarning parhezga rioya qilishi qiyinroq. Erkaklar esa ovqatlanishdagi cheklovlarni nisbatan yengil o‘tkazishadi: ular o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p nutriyentlar xilma-xilligiga muhtoj emas. Ayollarda esa ular yetishmasa, depressiya boshlanadi. Kimlardir stressning alamini ovqatdan ola boshlaydi. Darvoqe, bunday kayfiyat xususiyati ham asosan ayollarga xos.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erkaklar va ayollar: ozish kim uchun osonroq kechadi?