19:03 / 19.10.2018
16 889

Eng samarali 10 parhez

Eng samarali 10 parhez
Zamonlar osha bir savol goʻzal hilqat vakillariga hech tinchlik bermay keladi: qanday qilib ortiqcha vazndan tez va oson xalos boʻlish mumkin? Qisqa muddat ichida samarali ozdiruvchi diyetalar haqiqatan ham mavjudmi yoki bu oʻylab topilgan afsonami? Qolaversa, hayotda shunday vaziyatlarga duch kelamizki, muhim bir tadbir oldidan atigi bir necha kun ichida sarvqomatga ayolga aylanishimizga toʻgʻri keladi. Ana shunday vaziyatlarda asqatuvchi tezkor diyetalar bormi? Albatta, bor!

Mutaxassis: Mariya KOROLYOVA, diyetolog

Quyida eng samarali va tezkor diyetalar TOP 10 taligini taqdim etamiz:

1. Gollivud tanlovi
Bu diyeta jahon yulduzlari orasida juda ommabop boʻlib, davomiyligi ikki haftani tashkil etadi. Unga, koʻra siz tuz, shakar va yogʻni minimal miqdorda isteʼmol qilishingiz, non va xamirli taomlardan butunlay voz kechishingiz talab etiladi. Natijada 7 kg ortiqcha vazndan xalos boʻlasiz.

2. Karam — xaloskor

Karam yogʻlarni eritishi tufayli uni eng samarali parhezlar qatoriga qoʻshish mumkin. Taomnomani karam va karamdan tayyorlangan yogʻsiz taomlar, salatlar tashkil qiladi. Natija sizni quvontirishi aniq: 1 hafta ichida – 5 kg!

3. Uch kun va natija

Bu diyeta 9 kundan iborat boʻlsa-da, har biri 3 kunlik 3 bosqichga boʻlinadi. Birinchi bosqichda faqat guruch, ikkinchisida faqat kartoshka, uchinchisida esa sabzavotlar isteʼmol qilinadi. Bundan tashqari, parhez davomida tuz va yogʻ miqdorini qatʼiy nazorat qilish, faqat toza suv ichish zarur. Natijada 7-9 kg vazn yoʻqotish mumkin.

4. Grechixali diyeta

Grechixa yormasi organizmni shlaklardan tozalab, ortiqcha yogʻlardan xalos etadi. Yormani pishirmasdan 3-4 soat qaynagan suvda yumshaguncha ivitish talab etiladi. Hech qanday qoʻshimchalarsiz bir hafta davomida ushbu “taom” yeyilsa, 5 kg.gacha vazn yoʻqotish mumkin.

5. Shoʻrvali diyeta

Bu parhez menyusiga oʻzingizga yoqqan turli shoʻrvalarni kiritishingiz mumkin. Ammo shoʻrvaga kam miqdorda tuz solish, kartoshka, dukkakli mahsulotlar va yogʻ qoʻshmaslik hamda nonsiz tanovul qilish talab etiladi. Natijada 4-5 kg ortiqcha vazn bilan xayrlashasiz.

6. Modellar uchun!

Bu diyeta 3 kundan iborat boʻlib, kun davomida faqat 1 ta tuxum va 300 gr tvorog yeyish mumkin. Diyeta shartlari ogʻir boʻlsa-da, natija sizni quvontirishi aniq: 3 kunda 5 kg!

7. Sharbatli parhez

Agar uni tanlashga qaror qilsangiz, sizdan ulkan sabr va matonat talab qilinadi. Chunki kun davomida uch mahal apelsin, greypfrut va limon sharbatlari ichiladi, xolos. Qolgan paytda faqat toza suv ichishga ruxsat etiladi. 3 kunda 5 kg!

8. Ekspress diyeta

Bu diyeta isteʼmol mahsulotlari miqdorini keskin kamaytirish va kechki ovqatdan butunlay voz kechishga asoslangan. Kun davomida oʻzingizga yoqqan mahsulotlarni oz miqdorda tanovul qilishingiz mumkin. Taxminan quyidagicha taomnoma ayni muddao:

nonushta: bitta tuxum, shakarsiz choy.

Ikkinchi nonushta: tvorog yoki yogʻsiz qatiq.

Tushlik: bugʻda pishgan 150 gr tovuq goʻshti yoki baliq, sabzavotli salat, meva.

Kechki ovqat: shakarsiz choy.

Diyeta 5 kun davom etib, 6 kg.gacha ortiqcha vazndan xalos etadi.

9. Ochlik kunlari

Eng tezkor va samarali diyeta turlaridan biri, shubhasiz, ochlik kunlaridir. Bu diyeta 3 kundan iborat boʻlib, 5 kg ortiqcha vazn yoʻqotiladi. Uning birinchi va uchinchi kunlari diyetaga kirish va chiqish kunlaridir. Ular organizmni asta-sekin ochlikka tayyorlab, yana meʼyorida ovqatlanish rejimiga qaytishga yordam beradi. Bu kunlarda meva-sabzavotlar, yengil shoʻrvalar tanovul qilish mumkin. Non, dukkakli mahsulotlar, yogʻli va xamirli taomlardan voz kechiladi. Diyetaning ikkinchi kuni asosiy ochlik kuni boʻlib, kun davomida faqat suv ichish mumkin. Diyetadan soʻng oqsilli va yogʻli mahsulotlarni ratsionga oz miqdordan asta-sekinlik bilan kiritish tavsiya qilinadi.

10. Qatiqli diyeta

U tezkor va samarali boʻlibgina qolmay, salomatlik uchun gʻoyat foydali hamdir. Qatiq tarkibiga kiruvchi qator vitamin va mikroelementlar organizmni tozalab, ichaklar faoliyatini va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Diyeta bir hafta davom etadi. Іar kuni taxminan 1,5 l qatiq ichish talab qilinadi. Natijada 4-5 kg ortiqcha vazn bilan xayrlashasiz.

Bundan tashqari, diyeta davomida dorixonalarda sotilayotgan ozdiruvchi fito-choylardan ham ichishni unutmang. Ular diyeta samaradorligini oshirish bilan birga organizmni tetiklashtirib, moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

Parhez kunlari sogʻligingizga nihoyatda eʼtiborli boʻling. Notoʻgʻri tanlangan yoki meʼyoridan oshgan diyeta salomatligingizga putur yetkazishi mumkin. Istalgan natijaga erishgach, meʼyoriy vazningizni saqlab qolish uchun yarimtayyor mahsulotlar, fast-fud va gazlangan ichimliklardan butunlay voz kechishingiz kerak. Yodda tuting: ortiqcha vaznni butunlay yoʻqotishda hech qanday diyeta doimiy sogʻlom turmush tarzi va toʻgʻri ovqatlanish kabi yordam berolmaydi.

Manba: Darakchi.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Eng samarali 10 parhez